Trofik yara kasalligini qanday davolash mumkin?

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, keyingi yillarda aholi orasida qon-tomir kasalliklari bilan kasallanish ko‘rsatkichi ortib bormokda. Jumladan, yer yuzi aholisining bir foizi vena qon tomiri kasalligidan aziyat chekadi. Yigirma foiz aholi esa qon-tomir kasalligining asoratlaridan biri – trofik yara xastaligi bilan kurashib yashashga majbur bo‘ladi.

Bu xastalikka xronik venalar yetishmovchiligi oqibatida teri va teri osti kletchatkasida moddalar almashinuvi buzilishi sabab bo‘ladi. Yara odatda boldirning uchdan biri qismini zararlaydi. Agar trofik yara o‘z vaqtida davolanmasa, nogironlikka olib keladi va insonning hayot sifatiga jiddiy ta’sir etadi. Shu bois, bunday bemorlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish zamonaviy tibbiyotning dolzarb vazifasidir. Hozirgi kunda tibbiyotimiz bu borada o‘ziga xos imkoniyatlarga ega. Kasallikka aniq tashxis qo‘yish va davolashning samarali usullari joriy etilgan.


Biroq ushbu xastalikni qisqa muddatda shifoxona sharoitida to‘laqonli sog‘lomlashtirishning imkoni yo‘q. Bemorlar kasalxonada davolanib chiqqanidan keyin ham uzoq vaqt parvarishga muhtoj bo‘ladi. Bu jarayonda birlamchi tibbiyot bo‘g‘inida ishlayotgan muolaja va patronaj hamshiralarining ko‘magi muhim o‘rin tutadi.

Davo muolajalari bosqichma-bosqich olib boriladi


Davolashdan maqsad trofik yarani bitirish va chandiqlanish protsessini tezlashtirishdan iborat. Bunga mahalliy va umumiy dori preparatlarini qo‘llagan holda, kompleks fizioterapevtik muolajalar hamda kompression davo vositalaridan foydalangan holda erishiladi. Jarohatga mahalliy davo ishlari yallig‘lanishning davri va yarada ketayotgan jarayonga karab bosqichma-bosqich olib boriladi.


Chandiqlanish va epitelizatsiya bosqichida vena yarasini qo‘shimcha jarohatlanishdan saqlashi kerak. Aks holda bitish jarayoni to‘xtab qolishi mumkin. Bu davrda kompression terapiya juda muhim. Elastik kompressiya bu vena yarasini davolashda hamda profilaktikasida asosiy omil hisoblanadi. Bu mustahkamlikni tutib turadi va tashqaridan jarohatlanishdan himoya qiladi. Yana bemorlar vaqti-vaqti bilan qon ivish vaqtini aniqlab turish, qondagi protrombin indeksini, trombotsitlar sonini nazorat kilib borish kerak.

Profilaktika – muhim mezon


Oyoq terisi gigiyenasi tomir kasalliklari profilaktikasida kata o‘rin tutadi. Chunki arzimagan tirnalishlar ham infeksiya kirish darvozasi bo‘lib xizmat qiladi. To‘qimalarning oziqlanishi buzilishi oqibatida teri qoplamlarining holati o‘zgaradi. Ular quruq bo‘lib qoladi, yupqalashadi. Bunday bemorlarning tirnoqlari sekin o‘sadi, qalinlashadi, shakli o‘zgaradi, xira tortadi. Ushbu holatda oyoqlarga gigiyenik vanna qabul qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Vannadan so‘ng oyok terisiga oziqlantiruvchi kremni kuch ishlatmasdan ehtiyotkorlik bilan surtiladi. Tirnoqlarni vannadan so‘ng teriga ziyon yetkazmasdan olinadi. Bemorning shaxsiy gigiyenasi, jumladan, choyshablar vaqtida almashtirilishi, toza, yumshok, paxtadan ishlangan kiyim kiyishi lozim. Sintetik kiyim, ayniqsa, sintetik paypoq kiyish mumkin emas.

Bemorlarning ovqat ratsioni oqsil, uglevod va vitaminlarga boy bo‘lishi talab etiladi. Ayniqsa, oqsil organizm uchun «qurilish materiali» sifatida yaraning tez bitishiga xizmat qiladi.

Yoqub NAMATOV,

Yana o‘qing:  MANZILLI TIBBIY KO‘RIK

shifokor

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: