Sifat va xavfsizlik – inson salomatligi omili

(Reklama o‘rnida)

Bugungi kunda davlatimiz dunyo tamaddunida o‘zini namoyon qilayotgan bir paytda ishlab chiqarilayotgan milliy mahsulotlarimizning jaHon bozorida o‘z o‘rnini topishi, eksport qilish va raqobatbardosh­ligini oshirish, ushbu mahsulotlarning inson salomatligi uchun xavfsizligini ta’minlash muhim masalalardandir. Bunday ishlar amalga oshirilishida standartlashtirish sohasining o‘rni katta.

Ayni paytda, yurtimizda ushbu sohaning tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish va uni rivojlantirish masalasiga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Bu borada davlatimiz tomonidan tegishli qaror va me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilib, olib borilayotgan sa’y-­harakatlar o‘z in’ikosini topmoqda.
Jumladan, 2014 yildan buyon Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan «AGRO-KIMYO STANDART» va «MED STANDART» mas’uliyati cheklangan jamiyatlari oziq-ovqat va dori vositalari va tibbiyot mahsulotlarini sinovlash ilmiy-amaliy markazi sifatida oziq-ovqat va tibbiyot mahsulotlari hamda dori vositalarining klinikoldi tadqiqotlarini amalga oshiradi.

Shuningdek:
– mahalliy bozordagi mahsulotlar sifatini ta’minlash;
– GPL, ISO xalqaro standartlariga asoslangan holda sifat menejmenti tizimini rivojlantirish;
– innovatsion sifat nazorati usullarini ishlab chiqish;
– korxona faoliyati samaradorligini oshirish kabi vazifalarni bajaradi.
Laboratoriyalarda mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning oraliq va tayyor mahsulotlari hamda chet el qo‘shma korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan va import mahsulotlarining sinovlash ishlari bajariladi. O‘tgan davr mobaynida markazda sertifikatlashtirish va sinovlash ishlari amalga oshirib kelingan. 2017 yildan esa ilmiy-amaliy sinovlash ishlari olib borilmoqda.

– Bugungi kunda markazda faoliyat ko‘rsatayotgan 90 ga yaqin tor mutaxassislikka ega xodimlar oziq-ovqat, standartlashtirish hamda kimyo-texnologiya sohasida tahsil olgan bakalavr va magistrantlar, fan doktori va ilmiy darajaga ega mutaxassislardir, – deydi sertifikatlashtirish bo‘limi mudiri Amirxon Azimov. – Sertifikatlashtirishdan maqsad oluvchi va ishlab chiqaruvchi o‘rtasida mahsulot muvofiqligini baholashdan iboratdir.
Faoliyatimiz korxona ish jarayonlari va faoliyati doimiy takomillashishi, maqsadlarga erishish yo‘lida o‘zaro hamjihat va hamkorlikda xodimlar sifat siyosatini amalga oshirishga asoslangan.

Bu aholi va tabiiy muhit xavfsizligini ta’minlagan holda, mahalliy mahsulotimizni eksport qilish, mahsulotlar raqobatbardoshligi va sifatini oshirish, eng muhimi, inson xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Sohada ishning jahon talablari darajasida tashkil etilishida labaratoriyalarning Yaponiya, Germaniya, Rossiya davlatlaridan keltirilgan zamonaviy laboratoriya jihozlari bilan ta’minlanganligidir.
Ha, markazda xodimlarning tegishli oliygohlarda malaka oshirishlari ta’minlanib, hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Bu bitiruvchi talabalarning markazda amaliyot o‘tab, 0.5 stavka ish bilan ta’minlanishi hamda «Ustoz-shogird» an’analarining yo‘lga qo‘yilishida muhim omildir.

Shahriyor FARMONOV,
farmatsevt:

– 2014 yildan buyon markazning fizik-kimyoviy sinovlar labaratoriyasida faoliyat ko‘rsatib kelaman. Bu yerda ishning nozik nuqtalarigacha ilg‘ay oladigan mutaxassislargina ishlay oladi. Chunki natijalar sifatini ta’minlashda sinovlash jarayonlarini to‘laqonli o‘rganish muhim. Sababi, sinovlashda dori vositalarining inson salomatligiga zarar yetkazmasligi va inson xavfsizligi ta’minlanishi asosiy maqsad hisoblanadi. Shu bois har bir mutaxassis o‘z kasbining ustasi bo‘lgan holda, bo‘ynida katta mas’uliyat yuklanganini ham his etishi lozim.

Baxtiyor IMAMALIYEV,
farmakologiya fanlari
bo‘yicha falsafa doktori:

– Farmakologiya laboratoriyamizda sut emizuvchi hayvonlarda dori vositalari ta’siri va sinamasi o‘rganiladi. Laboratoriyada 3 nafar farmakolog, 1 nafar bioximik va 4 nafar bitiruvchi talabalardan iborat tajriba orttiruvchi amaliyotchilar faoliyat ko‘rsatishadi. Biz farmakologik (dori vositalari ta’siri) va toksikologik (zaharlilik bo‘yicha dorilar bezararligi) sinovlash ishlarini olib boramiz. Sinovlash sut emizuvchilar – oq sichqon va oq kalamushlar, dengiz cho‘chqachalari, quyonlar, zarur hollarda mushuk va itlarda o‘tkaziladi.
Hayvonlarga beriladigan ovqatlar ularning tabiiy ehtiyojiga qarab, uglevod, oqsil va vitaminlarga boy bo‘lishi lozim. Sinovlashdan maqsad, hayvonlar organizmiga dori moddalarining zaharlilik darajasini aniqlash uchun dorilar yuborilib, zararsizligi va kumulyasiyasi (to‘planib borishi) o‘rganiladi. Dorilar ma’lum dozalarda yuborilib, nojo‘ya ta’siri kuzatiladi va hayvon o‘lganidan so‘ng so‘yib, organlari tekshiriladi. Aytish joizki, homilador ayollar va tug‘iladigan bolaga dori vositalarining ta’sirini o‘rganishda tadqiqot homilador hayvonlarda o‘tkaziladi.

Laboratoriyalarda amalga oshirilagan standartlashtirish va sinovlash ishlari bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lib, farmakologiya labaratoriyasida kosmetika-parfemeriya, farmatsevtika, dori vositalari va texnik jihozlarni sinovlash amaliyotlari amalga oshirilsa, mikrobiologiya laboratoriya­sida dori vositalari, texnik jihozlarning mikrobiologik tozaligi va sterilligi tekshiriladi, analitik laboratoriyada esa fizik-kimyoviy sinovlar amalga oshiriladi.

Sinovlash jarayonlarini malakali tarzda mukammal bajarish muhim rol o‘ynaydi. Chunki oziq-ovqat, veterinariya, parfemeriya-kosmetika mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish va sertifikatlashtirishda chetdan kirib kelayotgan hamda mahalliy mahsulotlar sifatining nazorat qilinishi va muvofiqligini baholash juda muhimdir.

M.QODIROVA

Yana o‘qing:  Trofik yara kasalligini qanday davolash mumkin?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: