Giyen-barre sindromi qanday kasallik?

Giyen-Barre sindromi – nerv tolasini o‘rab turgan miyelin qobig‘ining yemirilishi bilan kechuvchi o‘tkir infeksion kasallik bo‘lib, asosan, oyoq-qo‘llar falajligi bilan namoyon bo‘ladi. Ushbu kasallik 1916 yili fransuz nevropatologlari G.Giyen va J.Barre tomonidan yozib qoldirilgan. Kasallik har qanday yoshda aniqlanadi. Biroq eng ko‘p kasallanish 20-40 yoshlar orasiga to‘g‘ri keladi. Kasallik ikkala jins egalarida ham deyarli bir xil uchraydi.

Sabablari nima?


Giyen-Barre sindromi turli virusli infeksiyalar va kasalliklar sababli rivojlanadi. Bular – gripp, qizamiq, tepki kasalligi, gerpetik infeksiyalar, emlashlar, nerv tizimiga toksik ta’sir ko‘rsatuvchi kimyoviy vositalar, nurlanish­lar, immun tizim kasallik­lari va hokazo.

Belgilari qanday?


Asosiy belgilari – bu oyoq-qo‘llarda to‘satdan paydo bo‘lgan falajliklar. Bu kasallikda simptomlar to‘satdan paydo bo‘lib, avj olib ketadi. Albatta, bundan oldin tana harorati keskin ko‘tariladi. Ko‘p hollarda bugun oyoqlarda paydo bo‘lgan falajlik ertaga qo‘llarga o‘tadi va keyingi kuni esa so‘zlash va yutinish buziladi.
Bu holatni tibbiyotda Landri falajligi deb atashadi. Ba’zan esa o‘tkir boshlangan kasallik belgilarining to‘la shakllanishi 2-4 haftagacha cho‘ziladi, undan keyin esa kasallik zo‘rayishdan to‘xtab, tiklanish davri boshlanadi.
Ba’zan falajliklar va sezgi buzilishlari birato‘la oyoqlarda ham, qo‘llarda ham paydo bo‘ladi. Falajliklar qo‘llarga o‘tganda nafas olish qiyinlashib, zotiljam rivojlanish xavfi yuzaga keladi. Kasallikning dastlabki kunlariyoq pay reflekslari so‘nadi va bemor oyoq-qo‘llarini qimirlata olmay yotadi.

Davosi bormi?

Albatta, bor. Zudlik bilan shifoxonaga yotqizish zarur. Deyarli 90-95 foiz holatlarda bemor tuzalib ketadi. Giyen-Barre sindromi tashxisi aniqlangan kuniyoq bemorga plazmaferez muolajasi (qonni viruslardan tozalash) va antivirus dorilar (masalan, atsik­lovir) qilinishi kerak. Odatda, bemor 1-2 oy ichida tuzalib ketadi. Biroq tashxis kechikib qo‘yilsa va plazmaferez bilan antivirus terapiya o‘z vaqtida qilinmasa, uzoq davom etuvchi falajliklar rivojlanadi.

Zarifboy IBODULLAYEV,
tibbiyot fanlari doktori, professor

Yana o‘qing:  Avtopoyga g‘oliblari aniqlandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: