Ish jarayonida ko‘p jismoniy kuch talab etiladigan kasb egalari uchun mashqlar
- Turgan joyida, qo‘llar belda, tirsaklar orqaga, gavdani ko‘targan holda, oyoqlar uchida turib, chuqur nafas olinadi, tirsaklar oldinga, oyoqlar to‘liq yerga qo‘yiladi nafas chiqariladi (4 marta qaytariladi);
- Qo‘llarni yelkaga, keyin tepaga ko‘tarib, ko‘tarilganda nafas olinadi, qo‘llar erkin holatda pastga tushirilganda nafas chiqariladi (6 marta bajariladi);
- Stulga o‘tirib, qo‘llar bilan astagina qayiltirilgan holda stulga suyanib, oyoqlar birga va oldinga cho‘ziladi, oyoqlarni ochgan holda, tovonlarni polda sirpantirgan holda nafas olib, oyoqlarni birlashtirib, bosh pastga engashtiriladi, qo‘llarni stulga tiragan holda nafas chiqariladi (4 marta bajariladi);
- Stulda o‘tirgan holda, qo‘llarni stulga tirab, nafas olinadi, oyoqlarni tekislab, ozgina oldinga engashib, qo‘llarni oldinga cho‘zib oyoqlarga tekizgan holda – nafas chiqariladi, keyin tekislanib nafas olinadi
(4 marta bajariladi); - Turgan holda oyoqlarni yelka kengligida ochgan holda qo‘llar tushiriladi, avval yon tarafga, keyin asta tepaga ko‘tarib nafas olinadi, oldinga engashib, qo‘llarni pastga tushirib, nafas chiqariladi (6 marta bajariladi);
- Qo‘llarni tepaga ko‘tarib, o‘ng oyoqni orqaga qilib nafas olinadi, oldingi, to‘g‘ri turgan holatga qaytarilib nafas chiqariladi keyin , bu holat chap oyoq bilan qaytariladi (6 marta bajariladi).
Nodira KARIMOVA
tayyorladi