BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi va
«Sog’lom avlod» gazetasi jamoalari yurtdoshlarimiz, Vatan himoyachilari bo‘lgan harbiylarimiz, shu jumladan, soha fidoyilarini 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan qutlaydi!

Qushlarning chug‘uri daragi tongning,

Qadriga yeting – tinch o‘tgan har onning,

El-yurt xizmatida yurgan insonning,

Aslida bu bayram hammamizniki.

Muallim maktabda dars berar yonib,

Unga kelajakni berdik ishonib.

Shogird yutug‘idan ketar quvonib,

Aslida bu bayram hammamizniki.

Bemorga eng yaxshi davo qayda bor?

Undan shirin so‘zni ayamang, zinhor.

Balki tabibdirsiz, balki shifokor,

Aslida bu bayram hammamizniki.

Imom to‘g‘ri yo‘lga aylaydi da’vat,

Qalblardan ketsin, deb hasad, kin, bid’at.

Dilingiz pokligi eng katta xizmat,

Aslida bu bayram hammamizniki.

Sarhadlarda hushyor turar harbiylar,

Vatan muqaddasdir, bilar harbiylar,

Qutlasak, takrorlab aytadi ular: –

«Aslida bu bayram hammamizniki».

Osmon yulduzlari bilan chiroyli,

Kecha kunduzlari bilan chiroyli,

Barchani birma-bir tabriklang, mayli,

Aslida bu bayram hammamizniki.

Sherzod ABDUSAMADOV

Yana o‘qing:  “FARZANDLARI SOG`LOM YURT – QUDRATLI BO`LUR”

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: