Dunyo va salomatlik (2013-48)

Yurak-qon tomir kasalliklarini keltirib chiqaruvchi gen topildi. AQSHning “Vil kornel” tibbiyot kolleji olimlari bu boradagi tadqiqotlari natijasi sanalgan “AroYe” deb nomlangan gen mutatsiya jarayonida organizmda yog‘lar ishlab chiqarishni orttirishi aniqlangan.

Aynan ushbu o‘zgarish insonda yurak-qon tomir, qandli diabet, insult kabi kasalliklar va ortiqcha vaznning paydo bo‘lishiga olib keladi.

* * *

“Xinxua” axborot agentligining xabar berishicha, Xitoyning shimolida joylashgan Shansi qishlog‘ida tug‘ma nuqson bilan dunyoga kelgan fuqarolar haqida ma’lumotlar yig‘ilmoqda. Uni shu yilning oxiriga qadar tugatishadi. Hozirgi paytda olimlar qo‘l ostidagi qon tahlili 1 ming 200tani tashkil etadi.

Ma’lumki, aynan Shansi qishlog‘ida tug‘ma nuqson bilan tug‘ilganlar ko‘rsatkichi yuqori darajada(1,9 foiz o‘rtacha mamlakat ko‘rsatkichiga taqqoslaganda 1,3 foiz). Ma’lumotlar bazasi xastalik va genlarning bir-biriga bog‘liqligi haqidagi bilimlarni chuqurlashtirishga chaqiradi. Birgina shu qishloqqa oid keyingi besh yillik ma’lumotga boshqa chekka qishloq va hududlardan olingan ma’lumotlar ham qo‘shiladi.

Xitoyda tug‘ma nuqsonlar bo‘yicha vaziyat ancha jiddiy. Ayniqsa, bu holat qishloq joylariga taaluqli. Bu kasalliklar bolalar o‘limini keltirib chiqarayotgan va eng ko‘p tarqalgan sabablardan biridir. Har yili mamlakatda 900 ming nafar go‘dak tug‘ma nuqson bilan tug‘ilar ekan. Bu esa dunyo bo‘yicha ushbu muammo bilan tug‘ilayotgan chaqaloqlarning 15-20 foizini tashkil etadi.

* * *

Filadelfiya Bolalar gospitali shifokori Xakon Xakonarsonning ta’kidlashicha, olimlar astma kasalligini keltirib chiqaruvchi genni topishgan. Ushbu gen nuqsoni bartaraf etilsa, ziqqinafas xastaligi irsiy moyilligining oldini olish mumkin.

Kashfiyot 1 ming 173 nafar kasallikning og‘ir turi bilan og‘rigan va 2 ming 522 nafar sog‘lom bolalar DNKsi qiyosiy tahlili natijasida aniqlandi.

Astmaning og‘ir turi bilan og‘rigan bolalarda ushbu nuqsonli genning ikki barobar ko‘p uchrashi kuzatilgan.

* * *

Monreal universiteti va Sent-Jyusten gospitali olimlarining aniqlashicha, hayvon mahsulotlari inson miyasi faoliyati uchun ijobiy ta’sirga ega ekan.

Go‘sht va sut mahsulotlari, shuningdek, tuxum tarkibidagi asparagin aminokislotasi miya hujayrasini yaxshi ishlashini ta’minlaydi. Tana hujayralari ushbu aminokislotasiz ham yashaydi. Ammo, gemotaensefalik to‘siqdan bu oqsil qiyinchilik bilan o‘tadi. Ushbu asparagin aminokislotasi tug‘ma mikrotsefaliya, ya’ni miyaning kichrayib ketishi, shuningdek, aqliy zaiflik va tutqanoq xurujlarining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

Yana o‘qing:  Sog‘lom ovqatlanish nima?

Olimlar asparagin aminokislotasi sintezi buzilishi bilan bog‘liq genni (ferment) aniqlashdi. Ushbu ferment asparagin aminokislotasi sintezida ishtirok etadi. Bu biokimyoviy jarayon buzilsa, miya hujayralarining rivojlanish va ko‘payish jarayoni izdan chiqadi.

Internet xabarlari asosida Sh.Xudoyqulov tayyorladi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: