TUG‘MA MAYMOQLIK XASTALIGI: uni bartaraf etish mumkinmi?

O‘z vaqtida aniq tashxis qo‘yish, muolajani to‘liq amalga oshirish va to‘g‘ri parvarish. Shu uch omil har qanday kasallikda bemorni noxush asoratlardan asraydi. Mazkur qoida bolalarda uchraydigan ortopedik nuqsonlarni bartaraf etishda ham g‘oyat muhimdir. Ayniqsa, maymoqlik xastaligi haqida so‘z borganida uning tug‘ma shakli ortopedik xastaliklar orasida ko‘p uchraydigan holat ekanini alohida qayd etish lozim.

Aytish joizki, ushbu xastalik diagnostikasi murakkab emas. Agar bolada tug‘ma maymoqlik mavjud bo‘lsa, tug‘ruqxonaning o‘zidayoq ilk alomatlarni ilg‘ash mumkin. Ya’ni malakali doyalar chaqaloq oyoqlarining tuzilishidan kelib chiqib, ortoped ko‘rigini tavsiya etishadi.

Tug‘ruqxonadan chiqqach, roppa-rosa bir oydan so‘ng bolani ortoped-shifokorga olib borgan ma’qul. Mutaxassis maymoqlikning turi va darajasini aniqlab, avvaliga davolash gimnastikasi hamda uqalash mashqlarini tavsiya etadi. Shu tariqa bolakayni gips qo‘yishga bosqichma-bosqich tayyorlab borish lozim – dabdurustdan gips qo‘yish kutilgan natijani bermasligi mumkin.

Hozirgi kunda tug‘ma maymoqlik nuqsonini bola ona qornida ekanidayoq aniqlash imkoni bor. Buning uchun homiladorlikning beshinchi, oltinchi oylarida dopler tekshiruvi o‘tkaziladi. Homila rivojlanishidagi nuqsonlar, xususan, qo‘l-oyoq suyaklari deformatsiyasini bilishda dopler tekshiruvining ahamiyati katta. Shunisi ham borki, patologiya ma’lum bo‘lgani bilan asosiy muolaja kichkintoy dunyoga kelgach boshlanadi. Tug‘ilajak boladagi maymoqlik tashxisini eshitib, vahimaga tushmaslik kerak. Chunki ushbu tug‘ma nuqson to‘liq korreksiya qilinishi mumkin bo‘lgan xastaliklar sirasiga kiradi.

Maymoqlikning tug‘ma shaklidan tashqari ikkilamchi ko‘rinishi ham mavjud. Bu, asosan, nevrologik kasalliklar va jarohatdan keyingi noto‘g‘ri suyak bitishi asoratidir. Maymoqlik har ikki yoki bir oyoqda bo‘lishi mumkin. Shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, hatto ikki tomonlama maymoqlikda ham bolakay to‘liq sog‘ayib ketadi!
Davolash gimnastikasi va uqalash muolajalaridan so‘ng oyoq suyagi gips bog‘lamini qo‘yishga tayyor hisoblanib, asosiy muolaja boshlanadi. Avvaliga gips bog‘lami har haftada bir marotaba almashtirib turiladi. Ba’zi bolalarda gips muolajasi bir-ikki oy qo‘llansa, ayrim bemorlar uchun olti-etti oy kerak. Bu bolaning organizmi, kasallik darajasi va qolaversa, ota-­onaning parvarishi, e’tiboriga bog‘liq. Gips bog‘lami bosqichma-bosqich yangilab borilayotgan paytda muolajaning birortasini ham kechiktirish, o‘tkazib yuborish yaramaydi. Bu davolash samaradorligini kamaytirishi tayin.
Avvallari go‘dak bir yarim yoshga yetguniga qadar gips qo‘yilar, kutilgan natijaga erishilmasa, jarrohlik amaliyoti qo‘llanilar edi. Hozirgi kunda esa ortopediyadagi zamonaviy davolash uslublari maymoqlikning operativ davo choralarini ancha erta amalga oshirish imkonini bermoqda. Oyoq payini uzaytirish, ya’ni axilotopiya bugun amaliyotda yuqori samara berayotganligi fikrimiz isbotidir. Mazkur texnologiyani xastalikning og‘ir darajalarida ham qo‘llash mumkin. Qisqa fursatda bajariladigan amaliyotdan so‘ng bolaning oyoqlariga maxsus plastmassadan ishlangan shina taqiladi. Shina olingach esa maymoqlikni davolash uchun mo‘ljallangan maxsus ortopedik poyabzallar kiyiladi.

Ortopedik kasalliklarning deyarli barcha turi birlamchi holatiga qaytishi ehtimoldan holi emas. Bunga, shubhasiz, muolajadan keyingi reabilitatsiya choralariga qat’iy amal qilmaslik sababdir. Misol uchun, ayrim ota-onalar bolasining oyog‘i tuzalib, yurib ketgach, ortopedik poyabzal kiydirish, uqalash (yoki davolash gimnastikasi) muolajalarini unutib qo‘yishadi. Chala davolanish tufayli oyoq avvalgi qolipiga tushib qolishi ehtimoli kuchlidir. Bemorlar orasida takroran operatsiyaga olib kelinganlar ham yo‘q emas. Amaliyotdan so‘ng oyoqni tekis holatga moslashtirish uchun fiziomuolaja, parafin, suvli vannalar, elektrofarez singari reabilitatsiya tadbirlariga alohida e’tibor qaratish lozim. Yo‘qsa, operatsiya yo‘li bilan cho‘zilgan pay yana qisqarib, maymoqlikni yuzaga keltiraveradi.

Ayrim ortopedik kasalliklarda go‘dakning erta qadam tashlashi ma’n etiladi. Maymoqlik esa bundan mustas­no. Mazkur xastalikda bolakay qancha erta qadam tashlasa, shu qadar foydalidir. Maymoqlik bilan og‘rigan bola­lar, ko‘pincha, oyoqning yon tomoni bilan yura boshlashadi, oyoq panjasini to‘liq yerga bosish uchun esa harakatni cheklamaslik kerak. Kelgusida maymoqlik bilan tug‘ilgan bola sportning har qaysi turi bilan shug‘ullanishi mumkin. Jismoniy faollikka qanchalik ko‘p e’tibor berilsa, mushak va bo‘g‘imlar shu qadar mustahkamlanib boraveradi.

Maymoqlik uch asosiy belgiga ko‘ra tasdiqlanadi: supinatsiya – oyoq panjasining o‘z o‘qi atrofida aylanishi, ekvinus – oyoq panjasining pastga tushishi hamda oyoq old qismining ichkariga tomon burilishi. Mana shu alomatlar birgalikda namoyon bo‘lsagina maymoqlik tashxisi qo‘yiladi. Oyoqni ichkari tarafga burib qadam tashlash boladagi raxit alomati yoxud tizza, son-chanoq patologiyasidan darak bo‘lishi mumkin.

Zamir KIMSANOV,

Yana o‘qing:  Insultdan so‘ng otda yurish organizmning tez tiklanishiga yordam beradi

ortoped-shifokor

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: