«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi: faoliyat qisqa satrlarda

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filiali xodimlari Nukus tumani 34-sonli QOP filiali patronaj va shifokorlari bilan hamkorlikda Kerder mahallasida bo‘lib, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, kam ta’minlangan, yakka yolg‘iz va nogironligi bor 117 nafar fuqaroni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. 71 nafar aholi vakiliga dori-darmonlar tarqatilgan bo‘lsa, 17 nafar kishiga UTT tekshiruvi qilindi. Koronavirus pandemiyasi va sog‘lom turmush tarzi borasida tushuntirish ishlari olib borildi.

***

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Xorazm viloyati hududiy filiali xodimlari Xonqa tumani «Yangi hayot» QVPga qarashli Do‘stlik, Paxtakor, Obod mahallalarida 134 nafar kam ta’minlangan oilalar vakillarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. 52 nafar fuqaroga bepul dori-darmonlar tarqatildi. «Karonavirus immunitetimizdan kuchli emas», «Sog‘lom turmush tarzi» mavzularida targ‘ibot ishlari olib borildi. 18 nafar fuqaro UTT tekshiruvidan o‘tkazildi.

***

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Andijon viloyati hududiy filia­li xodimlari Marhamat tumani «Turon» va «Navro‘z» MFYlarda 118 nafar kam ta’minlangan, yakka yolg‘iz otaxon va onaxonlarni, ayollar hamda bolalarni manzilli tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. Dori-dormonlar, gigiyenik vositalar tarqatildi.

***

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Farg‘ona viloyati hududiy filiali vrach mutaxassislari Qo‘shtepa tumani «Borot» MFYda bo‘lib, hududda yashovchi kam taminlangan, ehtiyojmand va nogironi bor oilalar xonadonlarida bo‘lib, tibbiy ko‘rik o‘tkazishdi. Dori-darmonlar berildi.

***

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Samarqand viloyati hududiy filiali xodimlari Samarqand tumani X.A.Vali mahallasida yashovchi ehtiyojmand oilalar vakillaridan 87 nafar kishini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, dori-darmonlar berildi.

***

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Jizzax viloyati hududiy filiali xodimlari G‘allaorol tumani «Gulis­ton» MFYga karashli Gadoy, Uzunbulok, Javbosh, Abdukarim qishloqlari aholisi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etdi. 142 nafar kishi tibbiy ko‘rikdan, 29 nafar kishi UTT tekshiruvidan o‘tkazildi. Nogironi bor va ko‘p bolali oilalardan manzilli xabar olinib, dori-darmonlar tarqatildi.

***

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi Toshkent viloyati hududiy filiali xodimlari Qibray tumanining Baytqo‘rg‘on, A.Navoiy, Istiqlol, Navbahor, Ko‘prikboshi, Uymaut, Nurobod mahallarida yashovchi aholi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etdi. 12-UTMda o‘smir qizlar UTT tekshiruvidan o‘tkazildi.

Yana o‘qing:  SILGA QARSHI DORI YARATILDI

***

«Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya fondi mutaxassislari tomonidan Toshkent shahar Uchtepa tumani Degrez mahallasida 50 nafar kishiga dori-darmonlar tarqatildi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: