Komillikka 7 yo‘l
Dunyoqarashni kengaytiradi. Kitob – turli-tuman bilimlar konidir. U orqali biz dunyo, odamlar hamda voqelikni yaxshiroq tushuna boshlaymiz. Tarix va fantastika, dediktiv hamda yumoristik hikoyalar inson o‘z-o‘zini anglashi va ma’naviy yuksalishida foydali hisoblanadi.
Tasavvurni boyitadi. Aynan kitob bizga avvallari xayolimizga ham kelmagan narsalar haqida fikr qilishni o‘rgatadi.
O‘zaro muloqot o‘rnatishga yordam beradi. Doimiy mutolaa qiladigan odam faqat bilimga emas, balki o‘ziga xos so‘zlash, fikrlarini yorqin ifodalash tajribasiga ham ega bo‘ladi. Kitob o‘qigan odam yaxshi suhbatdoshdir.
Xotirani kuchaytiradi. Asardagi ochuvchi kalit fikrlarni izlash yoki kitobdagi syujet chiziqlarining sertarmoqligi o‘quvchi xotirasining yaxshilanishiga yordam beradi.
Yoshartiradi. Allaqachon o‘z isbotini topganki, tana navqironligi miya navqironligi bilan chambarchas bog‘liq. Biz mutolaa jarayonida miyamizni faol tarzda ishlatamiz va rivojlantiramiz. Natijada, bu harakkatlarimiz organizmga ijobiy ta’sir etadi.
Diqqatni jamlashga o‘rgatadi. O‘qish jarayonida biz butun diqqatimizni asarga, uning mazmuniga qaratamiz. Bugungi kunda ko‘p odamlar diqqatni jamlay olmaslikdan aziyat chekmoqda. Mutolaa esa bu muammoning eng arzon va foydali yechimidir.
Yaxshi dam garovidir. Bugungi zamon kishisining miyasi ishdan keyin o‘z uyida dam olayotgan paytda ham ruhiy bezovtalikdan to‘la qutula olmaydi. Bunday vaziyatda esa ko‘ngil xotirjamligiga erishishning eng oson usuli – kitob mutolaa qilishdir.
Zuhra ERGASHEVA