SAMARQANDDA XAYRIYa YARIMMARAFONI

Samarqand shahrida «Samarkand Half Marathon — 2020» doirasida shahar va klublar o‘rtasida musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Unda dunyoning 35 mamlakatidan 3000 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdi.
Virtual yugurish musobaqasining statistik ko‘rsatkichlari o‘tgan yilgi natijadan 2 marta oshib ketdi.
O‘zbekistondan ham 43 nafar sportchi g‘oliblik uchun kuch sinashdi. Professionallar o‘rtasida sovrindorlar uchun mukofot jamg‘armasi 82 million so‘mni tashkil etdi.
Marafonda faol turmush tarziga jalb qilish va aholi o‘rtasida yugurish madaniyatini targ‘ib qilishga qaratilgan yugurish, yoga va umumiy jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha 20 dan ortiq ochiq mashg‘ulotlar o‘tkazildi va ularda 400 nafardan ortiq kishi ishtirok etdi.
Musobaqa yakunida g‘oliblar taqdirlandi.
Samarkand Half Marathon inklyuziv muhit, mamlakatimizning sayyohlik salohiyati, ayniqsa, yangi segment – sport turizmini rivojlantirishga hissa qo‘shadigan xalqaro sport brendiga aylandi.

Amal Soliyeva

Yana o‘qing:  Oilaga tayyorlash maktabdan boshlanadi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: