Baliq moyi raxitga davo
Boston olimlari uzoq izlanishlardan so‘ng “baliq mahsulotlari miya faoliyatini yaxshilab, ko‘rish qobiliyatini oshiruvchi hamda yurak qon tomir kasalligini davolovchi xususiyatga ega. Tibbiyot olamida bu mahsulot foydali jihatlari bilan ajralib turadi. Uni inson salomatligi uchun shifo manbai deb atash mumkin” degan xulosaga kelishdi.
Haqiqatdan ham baliq moyi tarkibida organizm uchun zarur darmondorilar mavjud. Baliq mahsulotlari bir qancha kasalliklarni davolashda ham yordam beradi. A vitamini organizmda immun tizimini mustahkamlashda asosiy o‘rin tutadi. Shu bilan birga, onkologik va teri kasalliklarida ham A vitamini foydali hisoblanadi. D vitamini esa suyak to‘qimalarining mustahkam bo‘lishida muhim o‘rin tutadi. Baliq moyi tarkibida aminokislotalar ko‘p bo‘lib, ular miya to‘qimalarini oziqlantirish xususiyatiga ega.
Baliq moyida omega-3 yog‘ kislotalari ko‘p miqdorda bo‘lib, aynan o‘smirlar va go‘daklarning aqliy rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Yana baliq moyi tarkibidagi kalsiy, fosfor raxit va osteoporoz kasalligida koni foyda.
Shuningdek, bu moy aritmiya, yurak ritmining buzilishi, revmatoid artrit (bo‘g‘imlar yallig‘lanishi) kabi kasalliklarda ham shifobaxshdir. Baliq moyi tarkibidagi omega-3 yog‘ kislotalari asosan miya faoliyatini yaxshilaydi. Me’dada yengil hazm bo‘ladi va ichaklar peristaltikasi (harakatini) yaxshilaydi.
Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarga va kattalarga baliq moyini shifokor tavsiyasi bilan berib turish mumkin. Yosh bolalar uchun baliq moyi kapsula ko‘rinishida ishlab chiqariladi.
N. UGLAMOVA tayyorladi