Xurrakdan qanday qutilamiz?

 Odamning xurrak otishiga, ko‘pincha, burun-xalqum tuzilishidagi o‘ziga xos tug‘ma xususiyatlar yoki surunkali yallig‘lanish kasalliklari: tumov, gaymorit, tonzillit, shuningdek, burun polip­lari va adenoidlar sabab bo‘ladi. Bunda yumshoq tanglay va lakluk yallig‘lanadi hamda bir muncha qalin tortadi, burun-halqumga kirish yo‘li torayadi va unda manfiy bosim hosil bo‘ladi.

Uyquda og‘izdan nafas olganda havo og‘izdan burun-halqumga o‘ta turib yumshoq tanglayni tebratadi, natijada odam xurrak otadi.

Xurrak otmaslik uchun quyidagi oddiy tadbirni qo‘llab ko‘ring: kechqurun yotishdan oldin gazlamani yostiqcha shaklida bir necha qavat qilib qattiqroq qilib buklab oling-da, ensaga qo‘ying, ustidan doka bilan boshingizni qo‘shib bog‘lang. Shunday qilsangiz, chalqancha yotolmaysiz, yonboshlab olishga majbur bo‘lasiz.

Agar bu usul ham yordam bermasa, vrach maslahatiga quloq tuting. Burundan normal nafas olishni tiklash uchun ba’zan operatsiya qilishga to‘g‘ri keladi. Biroq bunda fizioterapevtik muolajalar (mexanik mikromassaj, issiqlik ta’siri) ham yaxshi yordam beradi. Ana shundan keyin yumshoq tanglay va lakluk hajmi normallashib qoladi, kishi burundan erkin nafas ola boshlaydi va xurrakdan qutuladi.

Yana o‘qing:  Uzumning foydasi va kaloriyasi haqida 8 haqiqat

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: