Mayiz xosiyati

Mayiz – issiq va ho‘l mijozli bo‘lib, ichni yumshatuvchi xususiyatga ega. Asabni mustahkamlaydi, quvvatsizlik, madorsizlikni bartaraf qiladi, og‘izdagi hidni yaxshilab, me’dani kuchaytiradi. Mayiz bilan piyoz shirasidan tayyorlangan qaynatma tomoq bo‘g‘ilishini davolashda ijobiy natija beradi, tovush chiqishini ravonlashtiradi.

Mayizning danagi (urug‘i) sovuq va quruq mijozlidir. Mayiz jigar va me’daning ma’joziy ma’nodagi do‘stidir. U buyrak, qovuq va ichak og‘rig‘ida yaxshi foyda beradi, xotirani yaxshilaydi va badanda to‘plangan yiringlarni bartaraf etishda ham o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Kim tabiatini yumshatmoqchi bo‘lsa mayiz yesin.

Mayiz xususida Rasululloh (s.a.v.) quyidagilarni marhamat qiladilar: «Mayiz yaxshi ozuqa, u og‘iz hidini xushbo‘y qiladi, balg‘amni yo‘qotadi, tovushni tiniq qiladi, asabni mustahkamlaydi, tanadagi qattiq og‘riqlarni ham ketkazadi va g‘azabni pasaytiradi». Rasululloh (s.a.v.) shunga o‘xshash mayizning yigirma xil xususiyatlarini aytib o‘tganlar. Boshqa bir rivoyatda quyidagicha keltiriladi: «Mayizni doimo o‘zingizga lozim tuting, chunki safroni haydaydi, shabko‘rlikni ketkazadi, ko‘rinishni chiroyli qiladi, nafasni yaxshilaydi. Mayizning urug‘i balg‘amni ketkazish uchun yeyiladi».

Mayizning urug‘i undek yanchilib, uch dirhamdan iliq suv bilan ichilsa, ich ketishiga foydalidir. Ammo, mayizdan ko‘p yeyilsa, og‘izni og‘ritadi.

Shuni unutmangki, aziz mushtariy, barcha ne’matlar odamzod salomatligi uchun yaratilgan, ammo uning me’yoridan oshig‘i zarar qiladi. Shu sabab taomlanishda hamda ularni davo chorasi sifatida qo‘llashda, albatta, me’yorga amal qiling.

Yana o‘qing:  Tamakiga “tutqunlik” yoki sog‘liq...

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: