ShIFOBAXSH ICHIMLIKLAR

Apelsin sharbati

Sharbat tarkibidagi S vitamini immunitetni oshiradi, ko‘plab kasalliklardan himoya qiladi. Shu jumladan, katarakta va saraton xastaligida ham shifobaxshdir. Apelsin sharbati homilada paydo bo‘ladigan tug‘ma nuqsonlarning oldini olishda zarur bo‘ladigan foliy kislotasining manbai hisoblanadi.

Klyukva sharbati

Milk kasalligining oldini olishda klyukva sharbati foydalidir. Peshob-tanosil a’zolari infeksiyalariga qarshi kurashda yordam beradi. Ammo sharbatda ko‘p hollarda qand moddasi bo‘ladi. Shu bois qandsiz 100 foiz sharbatni tanlang yoki uni kuniga faqat bir stakandan iching.

Tuzsiz pomidor sharbati

Bu sharbat saraton kasalligining ko‘pgina turlaridan himoya qiladi. Ma’lumki, yangi uzilgan pomidorni qayta ishlash natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlarda likopen moddasi pomidorning o‘ziga qaraganda ko‘p miqdorda bo‘ladi. Likopen quyidagi a’zolar saratoni paydo bo‘lishi xavfini kamaytiradi: ya’ni, og‘iz bo‘shlig‘i, o‘pka, me’da, jigar, ko‘krak bezlari, bachadon bo‘yni, to‘g‘ri ichak. Bundan tashqari, likopen yurakni erkin radikallarning ta’siridan himoya qiladi va bu bilan yurak qon-tomir kasalliklari paydo bo‘lishi ehtimolini kamaytiradi.

Ushbu shifobaxsh ichimliklar oqilona ovqatlanishda katta ahamiyatga ega.

Yana o‘qing:  Olmali qarsildoqlar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: