QOIDABUZAR JARIMAga tortildi, TILBUZAR-ChI?

Tuman markaziga bir ish bilan borishim kerak bo‘lib qoldi. Piyoda ketishga qaror qildim. Qolaversa, piyoda yurish sog‘lik uchun ham foydali deyishadi-ku. Manzilgacha 20 daqiqalik yo‘l.

Yoz yomg‘iri sadaqayrag‘ochlarning barglarini yuvib, o‘zgacha chiroy baxsh etgan, qarab ko‘zim to‘ymas edi. Esayotgan mayin shabbodadan bahri-dilim yayrab ketdi, toza havodan to‘yib-to‘yib nafas oldim.
Yurganimga hali besh daqiqa ham bo‘lmagandi, orqa oynasiga «Kak xochu, tak i yedu» degan yozuv yopishtirilgan bir mashina kelib yonimda to‘xtadi.
– Sestra, mining tashlab qo‘yaman, – dedi mashina egasi. Boshim bilan «yo‘q» ishorasini qildim.
Tuman kasalxonani ko‘chasi hamisha haddan tashqari tirband bo‘ladi. Bu yerda ham kirakashlar bir-biriga gal bermay «Kirov bo‘lsa, keling», «Dmitrov bo‘lsa, keling», «Kommuna bo‘lsa, keling», «Ketasizmi, brat», «Ketasizmi, sestra» deb qichqirishardi.
Bu nomlar markazga ancha olisda bo‘lgan qishloqlarning mustaqillikdan oldingi nomlari. Barchasining nomi o‘zgarganiga ham ancha bo‘lgan.
Tushga yaqin kun isib ketdi, yo‘lovchi poylab turgan bir mashinaga mindim, «sestra, ozgina kutasiz, odam to‘lsin», dedi haydovchi.
Aksiga olib, hech kim kelavermagach, mashinani haydadi. Sal yurib avtobus bekatida turgan yo‘lovchilarni mindirish uchun to‘xtadi. Nariroqda DAN xodimi turgan ekan, yurishimiz bilan to‘xtatdi.
– Qoida buzganingizni bilasizmi? Endi jarima to‘laysiz.
– Otasini bolnitsaga yotqizdim, bular qo‘shnilar, yordam qilay dedim-da, bratan, poetomu siz ham tushuning, – yozg‘irdi haydovchi.
– Yo‘q, bizda kuzatuv kamerasi ishlayapti, qonundan chiqolmaymiz, mumkin bo‘lmagan joyda qoi­dani buzdingiz.
Inspektor haydovchining qo‘liga jarima qog‘ozini tutqazdi. Nihoyat, ketadigan bo‘ldik. Ertalabki kayfiyatimdan asar ham qolmadi…

Barno BEKIYEVA,

Xorazm

Yana o‘qing:  DUNYONING BIRINCHI RAQAMLI FORTEPIANOCHISI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: