Abu Ali ibn Sino

Hikmatlar

Xulqning muvozanatda bo‘lishi badan salomatligini saqlaydi.

His ichki ruhga qattiqroq ta’sir etadi va uni harakatga solishda aqldan kuchliroqdir.

O‘z vaqtida, me’yori bilan badantarbiya qilgan odamga dard yaqin yo‘lamaydi.


Badantarbiya bilan mashg‘ul bo‘linsa, hech qanday dori-darmonga zarurat qolmaydi, buning uchun muayyan bir tartibga rioya qilmoq ham shart.


Mol-dunyoing seni aldamasin, chunki asragan mol-dunyoing boshqalarniki bo‘ladi. Ularni sarf eta olsang, o‘sha seniki bo‘ladi.


Boshqalarda ko‘rganni juda qattiq istamaslik ham qanoat hisoblanadi.


Qora tuproq qa’ridan tortib, to Zuhal cho‘qqisigacha bo‘lgan dunyoning hamma mushkul masalalarini hal qildim. Men har qanday makr va hiyla tuzog‘idan qutilib chiqa oldim-u, ammo o‘lim tugunini yecha olmadim.


Inson toki o‘zini mayda gap, o‘chakish, janjal, shikoyat, norozilik, ohu vohlardan ozod qilolmas ekan, u iflos va pastlik tabiatidan xalos bo‘lolmaydi.


Yaxshiliklarning eng foydalisi sadaqadir.


Bir kishi sen bilan munosabatida xato qilsa-yu, senga uzr bayon etsa, uzrini qabul qilishni kechiktirma!


Agar havoda chang va tutun bo‘lmasa edi, kishi ming yil yashagan bo‘lardi.


Haqiqat mantiq ilmidan talab qilinsin! Ichki quvvatlarning ta’sirlari va tabiatda bekorchi narsalar bo‘lishining o‘zi bo‘lmagan narsadir.


Chala bilim egasi bo‘lishdan ko‘ra, bilimsizlik afzalroqdir.


Boshqalarda ko‘rganni juda qattiq istamaslik ham qanoat hisoblanadi.
Hayo – insonning abadiy go‘zalligi va latofatidir. Hayosiz yuz jonsiz jasadga o‘xshaydi.


Do‘stimki, dushmanimga do‘stlik qilarkan, uni men do‘st hisoblamayman. Zaharga qo‘shilgan shakardan ehtiyot bo‘l.


Shodli va qayg‘uli paytlarida dilini kuduratdan tozalab, sof do‘stlikni saqlab qolgan kishi chin do‘st hisoblanadi.


Badantarbiyani tark etgan odam aksari xarob bo‘ladi, zero xarakatsiz qolgan a’zolarning quvvati zaiflashadi.


Yolg‘izlik halokatga olib keladi. Zero, inson o‘ziga kerakli narsalarni faqat jamiyat yordamida qo‘lga kiritishi mumkin.


Hakimning uch quroli bor: so‘z, giyoh va tig‘.

Yana o‘qing:  Iqlim o‘zgarishi xavfli bakteriyalarni tarqatadi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: