Tugallanmagan surat

Rasm o‘qituvchisi bolalarga surat chizishni topshiriq berdi. Har kim o‘zi istagan rasmni chiza boshladi. Ulardan biri oilasi suratini chizmoqchi bo‘ldi. U onasi, ukasi, o‘zi, uylari suratini chizdi, lekin negadir otasini chiza olmadi. Doim jahldor va qo‘rs otasini ko‘z oldiga keltirib, u uchun qoldirgan bo‘sh joyga boqdi va uzoq xayol surib qoldi. Yuragi uvishib, og‘riq turdi va… keyinroq chizishni ko‘ngliga tugdi.
Bola ulg‘aydi. Maktabni tugatish arafasida eski daftar, kitoblarni tartibga keltirmoqchi bo‘ldi. Shunda u bolalikdagi daftarni topib oldi. O‘sha chizgan suratiga ko‘zi tushib, tashlab ketgan otasini eslashga urindi.
Qalbida o‘sha og‘riq qayta qo‘zg‘aldi…
Bir haqiqatni – otasining o‘z hayotida ham, joyi bo‘sh qolgan oq qog‘ozda ham o‘rni bo‘lmaganini anglab yetdi…

Muqaddas ZOKIRJONOVA

Yana o‘qing:  Qalb bekati

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: