INTERNET

u orqali chaqaloqlar parvarishi haqida topish mumkin bo‘lgan maslahatlarning hammasi ham foydali emas

AQSHning Kaliforniya shtatida istiqomat qilayotgan yosh ona Brendi Jonson egizak farzandlari bir necha oylik bo‘lganda antiqa bir “tajriba” o‘tkazgan ekan. U arzimagan yumushlar deb o‘g‘illari hayotidagi eng muhim lahzalarni o‘tkazib yuborayotganidan tashvishga tushgan.

– Vaholanki, bolalarim qaragan paytda men smartfon yoki planshet bilan band bo‘lib, ularga e’tibor bermaganimda, o‘g‘illarim shu qisqa vaqt ichida 28 marta o‘zlarini yolg‘iz his etardi, – deb yozadi Brendi Jonson. – Shu voqeadan so‘ng smart- fon va planshetdan foydalanish, ijtimoiy tarmoqlar orqali muloqot qilishni keskin qisqar- tirishga qaror qildim. Ilgari bu ishlarga sarflagan vaqtimni esa endi bolalarimga bag‘ishlayapman. Bundan o‘zim ham, ular ham baxtiyor. Sizlarga ham maslahatim: gadjetlaringizni chetga olib qo‘yib, ularga ketkazadigan vaqtingizni oilangiz, sevimli farzandlaringiz bilan o‘tkazing.

Ming afsuski, AQSHlik yosh onaning bu gaplarini hamma ham to‘g‘ri qabul qilmaydi. Tajribamga tayanib aytadigan bo‘lsam, keyingi yillarda yurtimiz- da ham yosh onalar va hatto emizikli farzandlari bor ayollar telefon va smartfondan foydalanishga haddan ziyod ko‘p vaqt sarflashadi. Tanbeh bersangiz “Faqat bola bilan bo‘lib, dunyodan bexabar qolaylikmi endi, dam olishimiz ham kerak-ku!” deyishadi. Ammo bilishmaydiki, yangi tug‘ilgan chaqaloqning o‘zi bir dunyo, undan doimo boxabar bo‘lib turish, har daqiqada mehr berish, unga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish zarur. Telefon orqali uzundan-uzoq suhbatlar, ijtimoiy tarmoqlardagi tinimsiz muloqotlar esa yosh ona va go‘dak o‘rtasidagi uzluksiz davom etishi lozim bo‘lgan o‘zaro aloqaga jiddiy zarar yetkazadi. Qolaversa, virtual olamga sho‘ng‘ib ketish yosh bolali ayolning ham jismonan, ham ruhan to‘laqonli dam olishi va tug‘ruqdan keyin ayrim funksiyala- ri tiklanishi kerak bo‘lgan organizmga qayta kuch to‘plashi uchun imkon qoldirmaydi.

Ba’zi yosh onalar “Smartfon – eng yaqin ko‘makchi- miz, u orqali biz bolaga qarash bilan bog‘liq ko‘p narsalarni o‘rganamiz” deb aytishadi. Bu gaplarda qisman jon bordir, biroq internet orqali chaqa- loqlar parvarishi haqida topish mumkin bo‘lgan ma’lumot va maslahatlarning hammasi ham foydali emas yoki aynan shu chaqaloq uchun to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Bunday maslahatlarning aksariyati mut- laqo malakasi bo‘lmagan odamlar yoki biron-bir dori, jihoz, tibbiyot buyumini yashirincha reklama qilayotgan kompaniyalar tomonidan tarqatiladi. Bu tavsiyalarning ona yoki bolaga foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltirmasligiga hech kim kafolat berolmaydi.

Albatta, yosh onalar smartfon yoki planshetlar- dan to‘liq voz kechishlari kerak, degan fikrdan yiroqmiz. Chunki ayrim hollarda bunday muloqot vositalari chaqaloqlarga qarayotgan ayollarga juda asqatadi. Masalan, zamonaviy telefonlar, zarurat tug‘ilganda, masofadan turib ham vakolatli shifo- korlardan tezkor maslahat olish yoki bolaning ha- yoti va salomatligi haqida muhim ma’lumotlarni tizimli qayd etib borish, shuningdek, yosh onaga o‘z ustida ishlash va dunyoqarashini boyitish imkonini beradi. Biroq hamma narsaniyam me’yorida bo‘lga- ni yaxshi. Esingizdan chiqarmang: planshetdan ko‘rishingiz mumkin bo‘lgan musiqali kliplar va kulgili videolavhalar, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plar olishga qiziqadigan “layk”lar, “yulduz”lar hayotiga oid shov-shuvli xabarlar farzandingizning birgina tabassumiga arzimaydi.

Fotima ShARAPOVA

Yana o‘qing:  Farzandingizni to‘g‘ri tarbiyalayapsizmi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: