Bo‘sht vaqt

uni bolalar iqtidorini ro‘yobga chiqarishga bag‘ishlaylik

Elektr chiroqni kashf qilgan Tomas Edison bolaligida maktabdan kelib, onasiga o‘qituvchisi berib yuborgan maktubni tutqazadi. Ona maktubni o‘qir ekan, ko‘zlaridan yosh oqadi. Bundan yosh Tomas xavotirga tushib, yig‘ining sababini so‘raydi. Onasi javob beradi: “Sening kuchli qobiliyating bor ekan. Mana eshit: “O‘g‘lingiz o‘ta iqtidorli, maktab unga va uning qobiliyatiga torlik qiladi. Shuning uchun o‘g‘lingiz uyida ta’lim ola qolsin!”. Shunday qilib, Edison o‘z uyida onasidan ta’lim-tarbiya ola boshlaydi.

Oradan yillar o‘tadi. Tomas buyuk olim bo‘lib yetishadi. Onasining vafotidan keyin olim uning javonidan maktub topib oladi. Ancha yil o‘tgan bo‘lsa-da, maktubni darrov taniydi. Bu – o‘sha, maktabdagi muallimi yozib bergan xat edi. Edison xatni o‘qiy boshlaydi: “O‘g‘lingiz o‘ta beaql va qobiliyatsiz bola. Ertadan boshlab maktabga kelmasin!”.

Edison ancha vaqtgacha yig‘isini to‘xtata olmaydi. So‘ng xotiralar daftariga quyidagi so‘zlarni bitib qo‘yadi: “Edison haqiqatan aqlsiz bola edi, biroq onasining go‘zal tarbiyasi sababli iste’dod sohibiga aylandi”.

Bundan ko‘rinib turibdiki, bir so‘z bilan inson taqdirini o‘zgartirib yuborish mumkin. Ya’ni, bola tarbiyasiga ­mas’ul bo‘lgan shaxs – o‘qituvchining qo‘pol xatosi tufayli Edison xatda ta’riflangani kabi qobiliyatsiz bo‘lib qolishi mumkin edi. Onasining zukkoligi, fahmu farosati sabab uni dunyo tanidi.

Bugun mamlakatimiz katta sinovni boshidan o‘tkazyapti. Koronavirus tufayli karantin e’lon qilindi. Bu kunlar doimo ish bilan band ota-onalarga farzandlari bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish imkonini beradi. Bolamiz bizning mehrimizni sezishi, kerak bo‘lsa, umidimiz, niyatimizni yaxshiroq bilishi, ularga buni anglatish uchun qulay fursat. Eng yaxshi odatlarimiz kitob o‘qishimiz, she’r aytishimiz, musiqadagi salohiyatimiz, sportdagi qobiliyatimiz kabi eng yaxshi fazilatlarimiz bilan bolalarimizga o‘rnak bo‘laylik. Chunki insonni ibrat tarbiyalaydi. Farzanlarimizdagi qobiliyatni sezish, o‘zimizning salohiyatimizdan hayratga tushishi uchun o‘tayotgan kunlar bizga katta imkoniyat berayotganini unutmaylik. Farzandimizga o‘qib bergan bitta she’rimiz yoki bitta kitobimiz uning biz ilg‘amagan qobiliyatini ochsa ne ajab. Axir qadim-qadimdan ham bir eshik yopilsa, ming eshik ochiladi, degan naql bor. Darvozamizni yopib, ko‘nglimizning ming eshiklarini ochaylik. Farzandlarimizni ilmga, kasb-hunarga, go‘zal xulq-odatga o‘rgatish uchun berilgan fursatning qadriga yetaylik.

Zero, ulug‘ shoir G‘afur G‘ulom
“Vaqt” she’rida yozganidek,

Bir onning bahosin o‘lchamoq uchun

Oltindan tarozu, olmosdan tosh oz.

Nurlar qadami-la chopgan sekundning

Barini tutolmas ay(yu)hannos ovoz.

Komila KAROMOVA

Yana o‘qing:  MAHALLA MASLAHATCHISI QANDAY BO‘LISHI KERAK?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: