Shifobaxsh ne’matlar

ZAYTUN

Tabiatning o‘zi tabib, degan gap bor xalqimizda. Dar­ha­qiqat, yurtimizning iqlim sharoitida ko‘p­lab giyohlar o‘sadi. Afsuski, biz ularning shifobaxsh xususiyatlarini ko‘pam bilavermaymiz. Xususan, zaytun yog‘i va sunbul o‘simligi ham mamlakatimiz tabiatining tanga quvvat beruvchi shifobaxsh xazinalaridan hisoblanadi. Birgina zaytun yog‘ining inson salomatligi yo‘lida foydalansa arzirli bir qancha xususiyatlari bor. U tanni quvvatlantiradi, harakat yengilligini oshiradi, haroratni tushirishda asqotadi.

Eskirgan zaytun yog‘ining surtmasi ko‘zning ravshanlashishini ta’minlasa, uning yelimi ko‘zga tushgan parda, (oq) va muguz qatlamining dag‘allanishiga qarshi ishlatiladi. Yaprog‘ining shirasi ko‘z g‘o‘lagining irg‘ib  chiqishiga, ko‘zning  muguz  pardasi yaralariga va ko‘zga tushadigan  nazlalarga qarshi yaxshi vositadir.

Zaytun – zaytundoshlar  oilasiga  mansub, doimiy yashil daraxt, bo‘yi 3-7-metrga yetadi. Barglari mayda va uchli.  Gullari  oqish, ro‘vaksimon to‘pgulga  yig‘ilgan. Mevasi danakli bo‘lib, unda 56 foizgacha moy,  glikozid, oqsil va vitaminlar bor.

Zaytun o‘simligi Ozarbayjon, Turkmaniston, Gruziya Respublikalari, Janubiy Qrim, Krasnador o‘lkasida o‘stiriladi.

Hozirgi kunda bu o‘simlik Surxondaryo viloyatining Boysun va Sherobod tumanlarida lalmikor yerlarda yetishtirilmoqda. Undan xalq tabobati va ilmiy tibbiyotda zaytun moyining a’lo navlarini ishlab chiqarish uchun foydalanilmoqda. Chunki uning moyi iste’mol qilinganda, buyrak va qovuqqa yig‘ilgan toshni bartaraf etadi.

 

SUNBUL

Sunbul o‘simligi ham bir qancha shifobaxsh xususiyatlarga ega. Uning barcha turlaridan xafaqon kasalligiga qarshi foydalansa bo‘ladi. Eng asosiysi, nafas olish muammolarini bartaraf etishda sunbul koni foydadir. U ko‘krak va o‘pkani tozalaydi va ularga moddalarning oqishini to‘xtatadi. Shuningdek, jigar  va me’da tiqilmalarini ochadi, uning a’zolarini quvvatlantiradi, me’da achishishini yo‘qotadi. Sovuq suv  bilan ichilsa, ko‘ngil aynishi bosiladi. Qolaversa, sunbul peshob sohasi muammolarida ham asqotadi.

Bilmaganlar uchun eslatma: sunbul – piyozguldoshlar oilasiga mansub o‘simlik. Gullari shingillarga yig‘ilgan, qo‘ng‘iroqsimon. Guli xushbo‘y, uning oddiy va qat-qat turi ko‘proq tarqalgan. Gulidan  efir moyi  olinadi.

Sunbulning ildizi xalq tabobatida eng ko‘p ishlatiladi. Oq rangdagisi ko‘proq ommalashgan.

Kelinglar, aziz do‘stlar, o‘zimidagi bu dorivor ne’matlarni qadrlaylik va ularni ekib, o‘stirib xalq tabobatida  qo‘llaylik.

Isomiddin ESHIMOV,

Kitob tumanidagi 1-IDUMI biologiya fani o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  40 yoshda ortiqcha vaznning qanday xavfi bor?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: