Stressdan qutilish mumkinmi?
Inson ruhiy va jismoniy toliqishga uchraydi. Bu ma’lum muddat o‘tgach, o‘rniga tushadi. Ba’zan ish faoliyatida kim bilandir ziddiyatga borish, favqulodda hodisaning ro‘y berishi, belgilangan rejalarning barbod bo‘lishi, kimgadir ishonib, aldanib qolish psixologiyada stress deb atalishi barchamizga ma’lum. Uni yengish ancha qat’iy irodani talab qiladi. Psixologlar kayfiyatni ko‘tarish va stress holatidan chiqish uchun quyidagilarni tavsiya qiladilar:
– stress holatini “bokschi” kabi qo‘llarni mushtlagan holatda kutib olmang, balki o‘zingizni erkin tuting;
– “Men bugun hayajonga berilmayman. Ertaga albatta, yaxshi kun keladi” shioriga amal qiling;
– o‘zingizni bugun kechagiga qaraganda ko‘proq yaxshi ko‘ring, ya’ni o‘zingizni ehtiyot qiling;
– kayfiyatingiz yomon bo‘lsa-da, o‘zingiz uchun xursandchilik uyushtiring;
– noxush holatga uchradingizmi, siqilmang, biror yaqin kishingizga dardingizni ayting, yengil tortasiz. Stress holatini yakka o‘zingiz mahv etishga urinmang.