Internetsiz planshet
Shimoliy Koreya sensorli ekranga ega planshetlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. “The Verge” nashrining xabar berishicha, “Samjiyon” deb ataluvchi milliy mahsulot yil bo‘yi Osiyoning ko‘plab savdo ko‘rgazmalarida namoyish etildi.
Ta’kidlash joiz, qurilmaning sifati yomon emas. Mazkur planshet “Angry Birds” singari oddiy dasturlarda ishlay oladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning ushbu mahsulotida TV dasturlarini tomosha qilish va kitoblar o‘qishdan bahramand bo‘lish mumkin. Biroq, planshetning katta kamchiligi unda internetga ulanish imkoniyati yo‘qligidir. Mamlakatda mavjud ichki tarmoq yangi planshet foydalanuvchilari uchun ochiq bo‘lsa-da, unga ulanish juda qiyin.