BUTUN JAHON ShAXMAT OLIMPIADASI BO‘LIB O‘TMOQDA

Joriy yilning 28 oktyabr va 6 noyabr kunlari Turkiyaning Chorum shahrida 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida Butunjahon Shaxmat olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.
Shu munosabat bilan mamlakatimizdagi shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi ham Turkiya davlatiga jo‘nab ketdi. O‘zbekiston sharafini GM Abdusattorov Nodirbek, GM Sindarov Javoxir, FM Kasimov Ali, Madaminov Muxiddin, WFM Omonova Umida himoya qiladilar. Jamoaga murabbiy va sardori GM Yuldashev Saydalidir.
O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuoti xizmati ma’lumotiga ko‘ra, sportchilarning musobaqada qatnashish xarajatlarini Raqamli iqtisodiyot qo‘llab quvvatlash “Raqamli ishonch” fondi tomonidan moliyalashtirilgan.
16 yoshgacha bo‘lganlar orasida Butunjahon Shaxmat olimpiadasi 9 turdan iborat bo‘lib, shveysarcha tizimda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tish joizki, o‘tgan yilgi Butunjahon Shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritgani ham katta voqea bo‘lgan edi. Ishonamizki, navbatdagi o‘yinda ham shaxmatchilarimiz Vatanimiz sha’ni va sharafini sadoqat bilan himoya qila oladilar.

Maryam AXMEDOVA

Yana o‘qing:  Kollejdagi uchrashuv

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: