“Stomatologiya Yuga-2019” xalqaro olimpiadasi

2019 yil 21-22 oktyabr kunlari Toshkent davlat stomatologiya institutida yana bir xalqaro tanlov – “Stomatologiya Yuga-2019”  xalqaro olimpiadasi o‘tkazildi.

Rus milliy akademik drama teatrida bo‘lib o‘tgan ochilish marosimini  Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ochib berdi. Shuningdek Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori Jasur Rizayev va mehmonlar xalqaro tanlovning ahamiyati haqida nutq so‘zlab, tanlovni ochib berishdi.

Ushbu olimpiadada jami 18 ta yetakchi tibbiy oliy ta’lim muassasaridan, jumladan, Volgograd davlat tibbiyot universiteti, Kuban davlat tibbiyot universiteti, Moskva davlat tibbiyot va stomatologiya universiteti, Birinchi Moskva Davlat Tibbiyot Universiteti, Kirov davlat tibbiyot universiteti, I.P. Pavlova nomidagi Ryazan davlat tibbiyot universiteti, Pyatigorsk tibbiyot va farmatsevtika instituti, Qozon davlat tibbiyot universiteti, Privoljye tibbiy tadqiqot universiteti, Boshqirdiston davlat tibbiyot universiteti, Qarag‘anda tibbiyot universiteti, Astana tibbiyot universiteti, Qozog‘iston-Rossiya tibbiyot universiteti, N.N.Burdenko nomidagi Voronej davlat tibbiyot universiteti, Buxoro, Samarqand va Andijon tibbiyot institutlari va Toshkent davlat stomatologiya institutidan ishtirokchilar qatnashdilar.

Ishtirok uchun Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining yuqori kurslarda tahsil olayotgan 5 talabadan iborat jamoalari tashrif buyurdilar. Olimpiada terapevtik stomatologiya, ortopedik stomatologiya, xirurgik stomatologiya, bolalar stomatologiyasi va ortodontiya yo‘nalishlarida olib borildi.

Tanlovni xalqaro tajribaga ega bo‘lgan olimlar baholab bordilar. Shuni aytib o‘tish kerakki, ushbu tanlovga yurtimiz nomidan qatnashgan Toshkent davlat stomatologiya instituti talabalari 2 ta 1-o‘rin, 2 ta 2-o‘rin, 1 ta 3-o‘rin va 1 ta mutloq g‘olib ishtirokchi bilan eng yuqori o‘rinlarni egallashdi. Umumjamoa hisobida Kirov davlat tibbiyot universiteti va  Kuban davlat tibbiyot universiteti  boshqalardan ko‘proq yuqori o‘rinlarni egallashdi.

Yana o‘qing:  Bu yilgi “Yosh kitobxon” tanlovida uch baravar ko‘p yosh ishtirok etadi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: