TIL MILLAT TIRIKLIGI

Ma’lumki, Uzbek tiliga Davlat tili berilganiga o‘tiz yil to‘lmoqda.
Ayni paytda mamlakatimizning barcha ta’lim muassasalarida, maktablarda ona tili va adabiyoti hamda o‘zbek tili fani oyligi bo‘lib o‘tmokda. Kelajagimiz vorislari bo‘lmish o‘quvchilarga shu munosabat bilan ona tilimizning naqadar boy va go‘zalligi, jozibadorligi hamda qadimiy tarixini o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbiga joylash, ona tilimizning bundan keyin ham sof va go‘zalligini saqlab qolishlari uchun mas’ul ekanliklari aynan shunday tadbirlar orqali singdirib borilmokda. 17 oktyabr kun Farg‘ona shahar 6-o‘rta ta’lim maktabida «O‘zga tilda aks etgan tilim» shiori ostida » Belgilash olmoshi» mavzusida 7-» D» sinfida ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi Mukambar Oripova tomonidan, ingliz tili fani o‘qituvchisi Sayera Nasriddinovalar hamkorligida integratsiyalashgan ochiq dars tashkil etilgani aynan shu mavzuda kechdi.


Dars jarayonida o‘quvchilar o‘zbek tilida tuzilgan gaplarni ingliz tiliga tarjima qildilar, bundan tashqari rasmlar asosida berilgan qisqa muddatda matnlar yaratdilar. Guruhlarda ishlanar ekan, o‘quvchilarning faolligi, topshiriqlarni bajarishlari ushbu tahliliy tadbirga ishtirok etgan o‘qituvchilarda katta taassurot qoldirdi.
Dars namunali deb topildi.

M. ARIPOVA

Yana o‘qing:  Zulfiyaxonim.uz sayti yaratilmoqda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: