Har narsada me’yor yaxshi

Bugun biz texnika asrida yashayapmiz. Birorta ishimizni texnika vositalarsiz amalga oshirolmaymiz. So’zlashishda ham, yozishda ham, hattoki, uydagi yumishlarni bajarishda ham har birimiz texnika vositalariga murojaat qilamiz. O’zaro muloqotga telefonlar, o’qish-yozishda kompyuterlar, uy yumushlarida chang yutgich, kir yuvish mashinalari, mikro to’lqinli pechlar, uzog’imizni yaqin qiladigan mashinalar – barcha-barchasi bizning birinchi yordamchilarimiz hisoblandi.

Ayni paytda ular inson ongining mahsuli, yuqori sivilizatsiya belgisi hamdir. Ular faoliyatimizning yanada tezlashishiga, masalalarning tezkorlik bilan hal etilishiga, vaqtni tejashga olib kelmoqdaki, bu o‘z navbatida rivojlanish jarayonini yana ham tezlashtirmoqda. Jumladan, mobil aloqa vositalari yordamida yo‘lda, ko‘cha-kuyda, hatto uyda ham ish-o‘qishga oid masalalarni yo‘l-yo‘lakay hal qilib ketish mumkin.

Haqiqatdan ham, mobil aloqa vositasi vaqtni yuqori darajada tejash imkonini beradi. Shuning uchun uyda ham, ko‘chada ham, o‘qishda ham, o‘z xizmat vazifasini bajarish chog‘ida ham mobil telefonlar kattayu kichikning yonida, qo‘lda, bo‘ynida, cho‘ntagida, hamyonida. Keyingi vaqtlarda chiroyli, funksiyalari ko‘p, qimmatbaho telefon appraturasini tutish yoshlar, bolalar orasida shu darajada keng odat bo‘lib bormoqdaki, ko‘p hollarda bolalar ota-onalaridan boshqa o‘rtoqlaridagi kabi imkoniyatlari ko‘p bo‘lgan qimmatbaho telefonlar sotib olib berishlarini so‘rab turib oladilar. Qayd etish joizki, o‘quv adabiyotlarda telefonlarning zararli tomonlari ham borligi, xususan, uyali telefonlarni me‘yoridan ortiqcha ishlatilish inson sog‘lig‘iga nihoyatda zararligi, ayniqsa, bolalar va o‘smir yoshlarining mobil telefonlarda uzoq vaqt to‘xtovsiz gaplashishlari ularning sog‘lig‘iga jiddiy ta‘sir etishi haqida ma’lumot berilgan.

Shuningdek, telefonga berilib ketish oxir-oqibat atrofga nisbatan o‘ta loqaydlikni keltirib chiqarmoq-daki, ko‘p holllarda tengdoshlari-mizning transport vositasida telefon bilan bandligi oqibatida yonida turgan yoshi katta yo‘lovchilar bolali ayollarni ko‘rmay qolayotganliklari, yoki o‘zaro suhbatlarini sirlarini barchaga eshittirib, gapirib ketayotganliklarini guvohi ham bo‘lamiz. Ba‘zan qulog‘iga telefon yoki “naushnik” tutib olib, orqasida kelayotgan transport vositalarining signallarini ham eshitmay, katta ko‘chani kesib o‘tib ketayotgan yigit-qizlarini ham uchratib qolamiz.

Aziz tengdoshim! Inson sog‘ligi uning eng katta boyligi, shu bois telefondan faqat zarur hollarda, qat‘iy me‘yor asosida foydalanaylik, oltin vaqtmiz va sog‘lig‘imizni asrab-avaylaylik.

Nozima ABDUQODIROVA,

Toshkent Tibbiyot akademiyasi qoshidagi akademik litsey o‘quvchisi

Yana o‘qing:  ULG‘AYISH

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: