ISHLAB ChIQARISHNI MAHALLIYLASHTIRISH VA TARMOQDA KOOPERATSIYa ALOQALARINI JADALLASHTIRISH BO‘YICHA SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

Bugungi kunda mamlakatimizda aholi sonining ortib borayotgani, non va non maxsulotlariga bo‘lgan talab kundan kun ortib bormoqda.
Bu esa sohada ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va tarmoqda kooperatsiya aloqalapini jadallashtirish, investitsiya asosida yangi texnologiyalatni kiritish, sifat va samaradorlikni oshirishni talab etmoqda.
Joriy yilning 3 oktyabr kuni “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan seminar aynan shu masalalariga bag‘ishlandi. Seminarda kompaniya rahbariyati va mutaxassislari, kompaniya tarkibidagi 44 ta tizim korxonalarining ishlab chiqarish bo‘yicha direktorlari, non va makaron mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslangan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.
Aytish joizki, seminarni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 avgustdagi PQ-4426-sonli qaroriga asosan, yurtimizda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha yagona tizimni yaratish, tarmoq va hududlarda ushbu sohani mahalliylashtirish, quvvatlardan to‘liq va samarali foydalanish orqali butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va materiallarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish hamda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, shuningdek, import hajmini optimallashtirish yuzasidan belgilangan topshiriqlarni tizim korxonalariga joriy etishdan iborat.
Seminarni ochib bergan O‘zdonmahsulot AK raisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Shuhrat Uzoqov o‘z ma’ro‘zasida
faol investitsiya siyosati – barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishishning eng muhim shartlaridan ekanligini, sohani yanada rivojlantirish uchun yangi texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishda butlovchi va ehtiyot qismlarni chetdan qimmat narxlarda sotib olmasdan, balki o‘zimizda ishlab chiqarish, sifat va samaradorlik, kelajakda xalqimizni sifatli non va non mahsulotlari bilan ta’milashda zamin yaratishini ta’kidladi.
Jumladan, Alijon Abdullayev rahbarlik qilayotgan Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on «Non maxsulotlari» AJning qop 40 nafar ishchi xodimlar faoliyat ko‘rsatayotgan birgina sexi Finlandiya davlati «Fardan» kompaniyasining zamonaviy texnologiyasi bilan ta’minlangani, yangi texnologiya asosida bir yilda 60 million dona qop ishlab chiqarilib, Namangan, Farg‘ona va Andijon tegishli korxonalarni 50 kg.sig‘imga ega qoplar bilan ta’minlayotgani, kelajakda ishlab chiqarish miqdorini yanada oshirish, yoshlarning bandligini ta’minlash, elektr energiyasini tejash va tannarxni arzonlashtirish kabilarga erishayotgani buning yaqqol misolidir.


Investitsiya iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchidir. Mamlakatimizda faol investitsiya siyosati yuritilib, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarga xorijiy investitsiyalar jalb etilishi natijasida ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, 2019 yilgi Investitsiya dasturi doirasida “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizim korxonalari tomonidan umumiy qiymati 16,4 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 12 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha jadal ish olib borilmoqda. Bu loyihalarning barchasi ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan bo‘lib asosiy maqsad resurs tejamkorligiga erishish, mahsulot sifatini oshirishga qaratilgan.
Ma’lumki, bugungi kunda “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi 44 ta korxonalarda:
109 ta non ishlab chiqaruvchi sexlar;
67 ta urug‘lik sexi;
52 ta tegirmon sexi;
46 ta omuxta yem sexi;
42 ta makaron sexi;
16 ta yorma ishlab chiqaruvchi sexlar mavjud.
Tarmoqda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish, ishlab chiqarishni samarali tashkil etishda ko‘maklashibgina qolmay, korxonalarda elektr energiya sarfini 20-25 foizga qisqartirishga yordam bermoqda. Bundan tashqari, mahsulot sifati oshib, ishchi-xodimlarning mehnat sharoitlari yaxshilanishiga erishilmoqda. Yana bir muhim jihat shundan iboratki, kompaniya tarkibidagi korxonalarda sanoat xavfsizligi ta’minlanmoqda. Sohaga yangi va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishda Germaniya, Turkiya, Rossiya, Ukraina va Xitoy davlatlarining ilg‘or kompaniyalari bilan xamkorlik aloqalari o‘rnatib kelinmoqda.
“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan olib borilayotgan bu kabi islohotlar g‘allakor dehqonlarimiz tomonidan yetishtirilgan bug‘doyni qayta ishlab xalqmizni sifati kafolatlangan mahalliy un va un mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Yana o‘qing:  BIRLASHGAN O‘ZAR

Maryam AXMEDOVA,
Amal SOLIYEVA.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: