BOG‘DORCHILIK VA UZUMCHILIK – IQTISODIYOTIMIZ MEZONI
Kuni kecha bir guruh TV xodimlari va jurnalistlar Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi tomonidan Parkent tumani Zarkent hududidagi bog‘dorchilik fermer xo‘jaliklarida bo‘lishdi.
Respublikamizda bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik sohalarida tadqiqot ishlari ko‘lamini kengaytirish, yangi eksportbop navlarni yaratish, uzum navlari turlarini ko‘paytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlili» mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumanida avval uzumzorlar, hosildorlik, fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan suhbatda bo‘ldik.
Shundan uzumchilik va vinochilik agentligi raisi o‘rinbosari rais o‘rinbosari Abduhamid Abdijalilov Respublikamizda bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlari ko‘lamini kengaytirish, yangi eksportbop navlarni yaratish, ularning turlarini ko‘paytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i F. Qirg‘izboyev, agentlik direktor o‘rinbosari N. Vapayev, agentlik boshqarma boshliqlari, mutaxassislar, qator aksiyadorlik jamiyatida faoliyat olib borayotgan soha mutasaddilari, fermerlar va tashabbuskorlar ishtirok etgan tadbirda Uzumchilik va vinochilik sohasini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan alkagol va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilish tizimini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5656-farmoniga asosan Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi o‘z faoliyati davomida
2019 yil 1 yanvar holati bo‘yicha qishloq xo‘jalik korxonalari tasarrufidagi uzum maydonlari jami 82 540 gektar, shundan hosilga kirgan, 65 971 gektar,
xo‘raki navlar, 37 785 geetar, kishmishbop navlar: 30 640 gektar, vinobop navlar, 14 116 geetarni tashkil etgan.
Ushbu tokzorlarning 24,8 ming gektari shpalerda, 5,3 ming gektari ishkom usulida hamda 52,3 ming gektari yerda parvarishlanmoqda. Shuningdek, 2,6 ming gektarida tomchilatib sug‘orish texnologiyasi o‘rnatilgan.
Hozirgi kunda Respublika hududlarida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jalik ekinlari davlat reestrida 45 ta uzum navlari mavjud. Ular ichida qadimdan mahalliy halq tomonidan yaratilgan avtoxton navlardan Qora janjal, Andijon qora uzumi, Buaki nor, Buaki tosh, Bishti, Qora va Oq kishmish, Parkent va boshqa navlar hali ham o‘z o‘rnini yo‘qotmaganligi e’tiborga moliye.
Hozirgi kunda qimmatbaho-xo‘jalik xususiyatlariga ega navlarni yaratish borasida keng qamrovli seleksiya ishlari olib borilmoqda.
So‘zga chiqqan Akademik M.Mirzayev nomli Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik va O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi, tajribali olim Ulug‘bek Mamatov ham soha mutaxassis olimlari tomonidan mahalliy sharoitimizga mos, hosildor, yuqori sifatli mahsulot yetishtirish imkonini beruvchi Go‘zal qora, Rizamat, Kishmish VIRa, Kishimish Sogdiana, Kishmish Irtishar, Kishmish Samarkand, Kishmish Xishrau, Tarnau, Rubinoviy, Rekord, Magarachskiy, Muskat Uzbekistanskiy, Tashkentskiy, Rangdor, Oltinday navli uzum navlari yaratilgani, mahalliy navlardan tashqari Fransiya, Italiya, Germaniya, Gruziya va boshqa davlatlardan introduksiya qilingan Kaberne Sovinon, Moratel, Xindogni, Rkatsiteli, Risling, Muskat Rozovi’y, Muskat Vengerskiy, Aleatiko kabi yuqori sifatli vino, vino materiallar va shampan vinolari tayyorlash imkonini beruvchi uzum navlari ekilayotgani haqida ma’lumot berdi.
Aytish joizki, sohaga tegishli ilmiy-tadqiqot institutlari bilan birgalikda yuqori hosilli, yirik mevali, urug‘siz, turli muddatlarda – juda ertagi va kech pishadigan uzum navlarini yaratish, bozorlarimizni ta’minlash uchun ertagi uzum navlari turi juda kam, shuningdek, Oq kishmishning mevalari kichik, pishish muddati kech bo‘lganligi uchun quritish muddatlari yog‘in-sochinli kunlarga to‘g‘ri kelib qolmoqda.
Respublikamizda tashkil qilinadigan yangi tokzorlar uchun ajratilgan yer maydonlari tuproqlarining kimyoviy tarkibi, gumus miqdori, sho‘rlanish darajasi va boshqa ko‘rsatkichlarini aniqlash va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.
Respublikamizda mahalliy navlardan tashqari Fransiya, Italiya, Germaniya, Gruziya va boshqa davlatlardan introduksiya qilingan Kaberne Sovinon, Moratel, Xindogni, Rkatsiteli, Risling, Muskat Rozovi’y, Muskat Vengerskiy, Aleatiko kabi yuqori sifatli vino, vino materiallar va shampan vinolari tayyorlash imkonini beruvchi uzum navlari ekilmoqda.
Joriy yilda respublika hududlarida 141 ta tashabbuskorlar tomonidan
9 991 gektar maydonda (2018 yilga nisbatan 8 264 gektarga yoki 5,5 barobar ko‘p) sanoatbop, xo‘raki va kishmishbop uzumzorlar barpo etiladi. Mazkur tadbirlarga jami 263,8 mlrd. so‘m, shundan tashabbuskorlar mablag‘i 128,2 mlrd. so‘m hamda Agentlik jamg‘armasidan 135,6 mlrd. so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.
Ushbu hududlarga 231 dona artezian quduqlarini o‘rnatish uchun 27,7 mlrd. so‘m, hamda 8 345 gektar maydonda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish tadbirlariga 66,7 mlrd. so‘m subsidiya mablag‘lari ajratiladi. Hozirgi kunda tashabbuskorlar tomonidan 66 dona artezian quduqlari o‘rnatildi.
Tok ko‘chatlarini harid qilishga Agentlik jamg‘armasidan tijorat banklari orqali 41,2 mlrd. so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratish ko‘zda tutilgan bo‘lib, hozirgi kun holatiga 2,1 mlrd. so‘m mablag‘ ajratildi.
Respublikada tok ko‘chatchiligini rivojlantirish maqsadida 250 gektar maydonda, jumladan, Toshkent viloyatining Zangiota tumanida “Agrover” MCHJ tomonidan 200 gektar maydonda “in-vitro” usulida ko‘chat yetishtirish va laboratoriya qurish loyihasi hamda Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida Turkiya davlati investorlari bilan hamkorlikda “Agroport” MCHJ tomonidan 50 gektar maydonda zamonaviy ko‘chatxona barpo qilinadi.
Maryam AHMEDOVA