Navbatdagi tibbiy ko‘rik yakunlandi

Hukumatga qarashli bo‘lmagan “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali, Hududlararo tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi tomonidan aholining tibbiy savodxonligini oshirish, ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hamda tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish, dori-darmon, gigiyena vositalari bilan ta’minlash ishlari muntazam ravishda amalga oshirib kelinmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanidagi A.Durdiyeva, “Shuraxon” nomli fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi jami 600 nafardan ziyod aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rik davomida qamrab olingan aholining 300 nafari fertil yoshidagi ayollarni tashkil etdi. Shuningdek, qizlarni erta turmushga berish kabi salbiy holatlarning oldini olish, voyaga yetmagan o‘smir qizlar o‘rtasida tibbiy savodxonlikni oshirish maqsadida targ‘ibot ishlari olib borildi, bukletlar tarqatildi.

Kam ta’minlangan oilalar, yolg‘iz keksalar, boquvchisini yo‘qotgan hamda yolg‘iz nogironlarga dori-darmon hamda sanitariya-gigiyena vositalari tarqatildi.

Shuningdek, To‘rtko‘l tumani, “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 1-guruh nogironlari Muqaddas Saburova hamda Ruhiya Saparovalarga nogironlik aravachalari topshirildi.

Orazgul YeMBERGENOVA,

Hukumatga qarashli bo‘lmagan “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi

filiali direktori

Yana o‘qing:  Kitob – saodatga eltuvchi yo‘l

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: