O‘zbekistonda Yevropa ta’limi kunlari

Toshkentda O‘zbekistonda Yevropa ta’limi kunlarining o‘tkazilishiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbir Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etildi.

2013 yilning 11 noyabridan 15 noyabrigacha o‘tkaziladigan O‘zbekistonda Yevropa ta’limi kunlari doirasida “Yevropa Ittifoqidagi ta’lim” ta’lim ko‘rgazmasi, mamlakatimiz universitetlarida “Erazmus Mundus” stipendial dastur taqdimotlari va ushbu dastur bitiruvchilari uchun davra suhbati bo‘lib o‘tadi.

“Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari, elchi Yu.Shterk, Toshkent Arxitektura va qurilish instituti rektori T.Nizomov va boshqalar Prezident Islom Karimov rahnamoligida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar o‘zining yuksak samaralarini berayotganini ta’kidladi. Davlatimiz rahbarining tashabbusiga ko‘ra 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dastur har tomonlama rivojlangan, mustaqil fikrli shaxslarni tarbiyalashda, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

Mazkur sohada samarali xalqaro hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi ta’limning milliy modeli malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilganligidan dalolat beradi. O‘zbek yoshlari nafaqat mamlakatimiz ta’lim dargohlarida, balki xorijiy o‘quv yurtlarida ham o‘z bilimini oshirish, zamonaviy axborot texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirish, zamon talablari darajasida ta’lim olish imkoniyatiga ega.

O‘zbekiston va Yevropa oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi hamkorlik “Tempus” dasturi doirasida amalga oshirilmoqda, u o‘z navbatida yana bir dastur – “Erazmus Mundus” faoliyatiga zamin yaratdi. Mamlakatimiz 55 dan ziyod oliy o‘quv yurti talabalar va o‘qituvchilar mobilligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi hamkorlikning uzoq muddatli loyihalarida ishtirok etmoqda. Bu esa O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Matbuot anjumanida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldi.

Bobur OBIDOV,

O‘zA muxbiri

Yana o‘qing:  Shifokor – el salomatligi posboni

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: