Ona tili – she’riyat tili
Poytaxtimizdagi 300-davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida ona tili va adabiyoti fan oyligining yakuni munosabati bilan “Ona tilim – she’riyat tili” mavzuida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari shoira Zulfiya Mo‘minova bilan uchrashdi.
Ushbu kechani o‘tkazishdan maqsad o‘quvchilar qalbida she’riyatga muhabbatni yanada yuksaltirish, qolaversa, ona tili va adabiyot fanlari bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlarini mustahkamlashdan iboratdir.
Kechada o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna chiqishlari, Alisher Navoiy, Uvaysiy, Nodirabegim, Zebuniso kabi buyuk she’riyat sohiblarining ijod namunalari jarang sochdi.
Maktabda tashkil etilgan “Yosh jurnalist”, “Zulfiyaxonim qizlari” to‘garaklari qatnashchilari o‘z iqtidorlarini yig‘ilganlarga namoyish etdi.
Dilnoza ROZIQOVA