BIZ BILMAGAN G`AROYIBOTLAR

Butun borliqda mavjud hamma narsa haqida ham doim bilavermaymiz. Shunday faktlar borki, ularni ko`rganda beixtiyor “Ajabo!” deb yuborasan kishi. Quyida sizga shunday ajabtovur ma’lumotlarni taqdim etmoqchimiz. Tanishing: qiziqarli faktlar 5 taligi:
1. Eng uzun kelinlik fatasi uzunligi 63 yarimta futbol maydoniga teng bo`lgan.
Kiprlik Maria Paraskeva 2018-yil avgustda turmushga chiqqanida, uning maqsadi shunchaki “Men bajaraman”dan iborat bo`lib qolmay, u rekord o`rnatishga qasdlangan edi. “Bolalikdanoq men Ginnes rekordlar kitobida dunyodagi eng uzun to`y libosi nominatsiyasini egallashni orzu qilardim”, — deydi u. U o`z orzusini 22,843 fut va 2.11 dyuymga cho`zilgan (63 yarimta futbol maydoniga teng) to`rli kelin libosini kiyish bilan amalga oshirdi.
2. Asalarilar ba’zan boshqa asalarilarni chaqishi ham mumkin.
Asalarilar o`z nishlari bilan hammaga ma’lum, ammo buni qarangki, ularning nishlari “maza”sidan faqatgina odamlar “bahramand” bo`lmas ekanlar. “O`z uyasini tashqi ta’sirlardan mudofaa etish uchun “asalarilar gvardiyasi” kiraverishda turadi va kirayotgan asalarilarni hidlab tekshiradi”, — deydi Makkuayr universiteti biologiya fakulteti mutaxassisi Marianna Peso. Kiruvchilardan birortasi nektar o`g`irlash uchun boshqa uyadan kelgan o`g`ri asalari ekanligini bilgan “qo`riqchi” asalari begonani tishlashi, hatto chaqishi ham mumkin.
3. Yer yuzidagi chumolilarning umumiy og`irligi sayyorada yashovchi odamlarning umumiy vazniga teng.
BBC ma’lumotlariga ko`ra, entomologlar (entomologiya – zoologiyaning hasharotlarni o`rganuvchi bo`limi) Yer yuzida bir trillion hashoratdan atigi 1% ini chumolilar tashkil etishini aniqlaganlar. Agar siz chumolilarning barisini (taxminan o`n ming trillion) yig`ib kelib ulkan taroziga qo`ysangiz, muvozanatni saqlash uchun ikkinchi pallaga butun dunyodagi deyarli barcha odamlarni qo`yishingiz kerak bo`ladi. Afsuski, odamlar vazni og`irroq bo`lganida, ehtimol, bu hozir unchalik ham kuchli bo`lmagan bo`lardi. Sasseks universiteti asalarichilik bo`limi professori Fransis Ratniksning aytishicha, bu taxminan 2000 yil avval sodir bo`lgan bo`lishi mumkin.
4. Koalalarning barmoq izlari bor.
Shimpanze va gorillalarda odamlarnikidagi kabi barmoq izlari mavjud ekan, xuddi shunday koalalarda ham. Aslida, koalalarning barmoq izlari odamnikiga ko`proq o`xshaydi, hatto jinoyat sodir bo`lgan joyda tekshiruv ishlari olib borilayotganda ham bu ancha tushunmovchiliklarni keltirib chiqaradi. Ammo shu kunga qadar koalalarning qilg`iliklari tufayli ba’zan insonlar ayblanib kelingan bo`lsa, endi biz bor haqiqatni bilib oldik.
5. Suv o`zining haroratiga qarab turli xil ovoz chiqaradi.
Agar juda diqqat bilan quloq solsangiz, issiq va sovuq suv quyilganida turli xil ovoz eshitilishiga guvoh bo`lishingiz mumkin. Issiqlik suvning qalin va quyuqligini, shu bilan birga u to`kilgandagi ovozning balandlik darajasini ham o`zgartiradi. Suv tezroq harakatlanganda undagi molekulalardan issiqlik ajralib chiqadi. Sovuq suv qalinroq hisoblanadi va shu sababli uni quyib ko`rganingizda qattiqroq ovoz eshitiladi.

Яна ўқинг:  Чумолилар ўзларининг ойнадаги аксини таний олиши аниқланди

Madina AXMEDOVA

tayyorladi

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: