SOG`LOM OVQATLANISH TARZIGA RIOYA QILISH UCHUN 8 MASLAHAT

Bugungi kunda  tez o’zgaruvchan dunyoda odamlar juda,juda ham kam vaqtlarini ovqatlanishga ajratishyapti,hatto ovqat pishirishni ham unutib qo’yishayotgandek go’yo.Ehtimol,buning sababi ‘’Fast Food’’degan tushunchaning mashhur bo’lib borayotganidadir,va bu tushunchaning bizgacha yetib kelganiga hech shubha yo’q.Aslida,endi siz undan hech qachon qochib qutila olmaydigandek tuyiladi.Xo’sh,bu muammodan qutulish uchun nima qilishimiz kerak?Sog’lom ovqatlanish tarziga qanday qilib o’tishimiz zarur?

Sog’lom ovqatlanish tarzini rivojlantirish siz o’ylagandan ko’ra ancha oddiy va osonroq!Sog’lom ovqatlanish tarziga odatlanish yaxshi ko’rinishga va o’zingizni yaxshi his e’tishga yordam beradi.

Siz ovqatlanish tarzingizni yaxshilash va sog’lom bo’lish uchun har hafta kichik-kichik qadamlar tashlashdan boshlang.Quyidagi 8 ta maqsaddan kamida 6 tasini dietangizga qo’shishga urinib ko’ring.

1 Likopchangizning yarmini meva va sabzavotlar egallasin:

Pomidor,shirin kartoshkalar,bodring mahsulotlarga o’xshash qizil,olovrang,yashil sabzavotlarni taomnomangizga kiriting.Ovqatingizning bir qismi yoki disert sifatida mevalarni kiriting.Sizning likopingizagilar qanchalik chiroyli va rangli bo’lsa,vitamin va minerallar ham organizmingizda shunchalik chiroyli bo’ladi.

2 Maydalangan donli mahsulotlar o’rniga butun mahsulotni yeyishga odatlaning:

Masalan,oq non o’rniga bug’doy unidan tayyorlangan(qora)non yeying.

3 Yog’li yoki yog’siz(1%)sut iste’mol qilishga ruining:

Bu ikkisida ham kalsi va boshqa qo’shimcha moddalar ko’p.

4 Turli xildagi yog’siz protainga boy mahsulotlarni tanlang:

Dengiz mahsulotlarida ko’p miqdorda protain moddasi mavjud va,albatta,yog’siz.Katta odamlar haftada kamida 8 untsiya(1 unt—28,3 gr)dengiz mahsulotlari iste’mol qilishi kerak.

5 Og’ir yog’lardan halos bo’ling:

Tort,pishiriqlar va boshqa shunga o’xshash disertlar,pitsa,hot-dog mahsulotlarini kamroq iste’mol qiling.

6 Shirin(shakarli)ichimliklar o’rniga suv iching:

Shakarsiz ichimliklar va oddiy suv ichish orqali kaloriyani kesing.

7 Kuniga kamida 8 stakan suv iching.Agar siz vazn yo’qotishga harakat qilayotgan bo’lsangiz,stakandagi  ichayotgan suvingizga 1-2 bo’lak muz solib yuboring.

8 Doktorlar aytganidek’’haftasiga  3 marta 20 daqiqalik bajarilgan jismoniy mashqla’’siz uchun butun haftaga yetib ortadi.

SOG’LOM OVQATLANISH TARZI TANANGIZ VA MIYANGIZNING SOG’LOM BO’LISHI UCHUN CHIPTADIR!

Madina AXMEDOVA

tayyorladi

Яна ўқинг:  Тошкентдан Хитойга транспорт қатнови йўлга қўйилди

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: