Yoz – o‘tmoqda soz

Bolajonlar salomatligini mustahkamlash, ularning dam olishlarini qiziqarli tarzda tashkil etish uchun yozgi ta’til kunlaridan unumli foydalanish maqsadida “Sog‘lom avlod uchun” fondi, Yunusobod tumani hokimligi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 36 nafar kam ta’minlangan oila farzandlari uchun fondning tibbiy – ijtimoiy markazida 12 kunlik bolalar oromgohini tashkillashtirdi.
Joriy yilning 27 iyun kuni soat 11:00 da mazkur oromgohda bolalarning kungilli dam olishlari uchun xayriya konserti bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda qator tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, bolajonlarimizning ko‘ngilli dam olishlari uchun oromgohda turli ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va sport tadbirlari, davra suhbatlari xamda intellektual o‘yinlar utkazildi.
Shuningdek, bolajonlarimizga sog‘lom turmush tarzi, gigiyena qoidalari va salomatlik sirlarini o‘rgatish maqsadida “Sog‘lom avlod- kelajak poydevori” shiori ostida turli uchrashuv-suhbat va ma’ruzalar o‘tkazish, “Salomatlikning yosh do‘stlari” favqulodda hodisalarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish musobaqalarini o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Albatta, mazkur tadbirlarni o‘tkazish jarayoniga malakali pedagog-tarbiyachilar hamda yetakchilar biriktirilgan.
Tadbirni o‘tkazishdan maqsad — kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda bolajonlarning yozgi ta’til vaqtida dam olishlarini mazmunli, qiziqarli tarzda tashkil etish.

Yoqub Xolmurodov

Yana o‘qing:  Grant olish uchun tanlov

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: