An’anaviy Koreya xalq tabobatiga bag‘ishlangan Ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda Koreya sog‘liqni saqlash sanoatni rivojlantirish instituti (KHIDI) hamkorligidagi «Halq tabobati markazi” loyihasi doirasida an’anaviy Koreya xalq tabobatiga bag‘ishlangan Ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat rahbari tomonidan mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga, tibbiy ta’limni takomillashtirish va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy hizmat sifatini yanada yaxshilashga katta e’tibor qaratiladi. Xususan, mamlakatimiz Prezidenti tomonidan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha
Harakatlar strategiyasining IV bandi ijtimoiy sohani rivojlantirishga bag‘ishlangandir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 maydagi PQ-2956-sonli “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, hamda 2018 yil 10 oktyabrdagi PQ-3968 “O‘zbekiston Respublikasida xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorlarning ijrosi yuzasidan 2018 yilning noyabr oyida Toshkent tibbiyot akademiyasi bazasida TTA va Koreya sog‘liqni saqlash sa’noatni rivojlantirish instituti (KHIDI) hamkorligida Halq tabobati markazi tashkil etildi.
Ushbu markaz zamonaviy sog‘liqni saqlash sohasi bilan yillar davomida takomillashib kelayotgan xalq tabobatining yutuqlarini uyg‘unlashtirish bo‘yicha ilmiy layoqatni oshirish va ushbu sohadagi ilmiy izlanishlarni ommalashtirishga hizmat qiladi. Markazda akademiya o‘qituvchilari va talabalari Koreya mutaxassislari bilan yaqin hamkorlikda ta’lim oladilar va tibbiy hizmat sifatini yanada takomillashtirish ustida ishlaydilar.
Bugun o‘tkazilayotgan an’anaviy sharq tabobatiga bag‘ishlangan Birinchi Ilmiy-amaliy seminar qo‘shma faoliyatning samarali natijalaridan biridir.
Halq tabobati sohasidagi hamkorlikni va turli kasalliklarni davolashda Koreya an’anaviy tabobatining yutuqlarini keng namoyish etish, hamda ikki davlat yetakchi mutaxassislarining an’anaviy sharqona tabobatning ilmiy asoslangan metodikalarini zamonaviy tibbiyotga tatbiq etish haqidagi munozaralari ushbu seminar kun tartibidagi asosiy masalalardan hisoblanadi.
Ushbu tadbir davomida sharqona tabobatning ilmiy asoslangan metodikalarini zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimiga tatbiq etish, sog‘liqni saqlashning an’anaviy tabobatga asoslangan innovatsion metodikalari bo‘yicha ma’ruzalar o‘tkaziladi, hamda Koreya Respublikasining an’anaviy tabobat sohasidagi yetakchi mutaxassislari va og‘ir asab kasalliklari bilan kasallangan bemorlar ishtirokida master-klasslar tashkil etiladi.
Ushbu tadbirda ishtirok etish uchun Koreya Respublikasidan delegatsiya tashrif buyurgan. Delegatsiya tarkibiga Koreya Respublikasi Sog‘liqni saqlash va farovonlik vazirligi, Koreya sog‘liqni saqlash sanoatni rivojlantirish instituti vakillari va an’anaviy tabobat sohasidagi Koreyaning yetakchi tibbiy OTM va Markazlari professorlari kirishadi.
Koreyada mashhur nomga ega bo‘lgan o‘z ishining mutaxassislari akademiya talabalari uchun ma’ruzalar o‘qishadi va og‘ir bemorlar bilan ko‘rgazmali master-klasslar o‘tishadi.
Koreya Respublikasining besh nafar professorlari O‘zbekistonlik bemorlar misolida an’anaviy sharq tabobatining yutuqlarini namoyish etishadi. Tadbir davomida Koreyalik professorlardan shifo topish maqsadida kam o‘chraydigan og‘ir holatlardagi bemorlar mahsus tanlab olingan.
Shu kabi tadbirlar aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy hizmat sifatini yanada yaxshilashga, tibbiy ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga, xorijning sog‘liqni saqlashni rivojlantirishdagi malakasini shuningdek an’anaviy sharqona tabobatning ilmiy asoslangan metodikalarini zamonaviy tibbiyotga tatbiq etish usullarini chuqur o‘rganishga, va ushbu malakani O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimiga tatbiq etishga hizmat qiladi.

Yana o‘qing:  Mo‘ynoqqa toza ichimlik suvi bordi

Amal SOLIYEVA.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: