«OLTIN SO‘Z» XALQARO ADABIYOT FESTIVALI

2019 yil 8-9 may kunlari Qarshi va Shahrisabz shaharlarida O‘zbekiston qaramoni Abdulla Oripov xotirasiga bag‘ishlab “Oltin so‘z” I-xalqaro adabiyot festivali bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24/1-338-sonli qaroriga asosan «Qashqadaryo viloyatida turizm sohasini kompleks rivojlantirish, jumladan, tog‘li hududlarda ekologik turizmni rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi»ida 2019 yil 9-maydan boshlab har yili taniqli shoir Abdulla Oripov xotirasiga bag‘ishlangan “GOLDEN WORD” xalqaro adabiyot festivalini o‘tkazish vazifasi belgilangan edi.
Dastur ijrosini ta’minlash barobarida O‘zbekiston Qahramoni, milliy madhiyamiz muallifi Abdulla Oripov xotirasini abadiylashtirish, shuningdek Shahrisabz shahrini «Festivallar shahri»ga aylantirish maqsadida 8-9 may kunlari Qarshi va Shahrisabz shaharlarida «I Xalqaro “Oltin so‘z” xalqaro adabiyot festivali” O‘zbekistonlik ijodkorlar va xorijiy ijodkorlarning o‘zaro do‘stlik va hamkorlik aloqalarini bog‘lashlarida ilk qadam bo‘ldi desak mubolag‘a emas.
Festivalda dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan xalqaro shoirlar, yozuvchilar hamda jurnalistlar ishtirok etdilar. Jumladan, Turkiyadagi “KIBATEK” xalqaro adabiy tashkiloti prezidenti Sengeli Bilgi, tashkilot vitse-prezidenti Leyla Ishik, Filippindagi “Pentasi B” xalqaro adabiy tashkiloti prezidenti Epitasio Tongohan, Hindiston qit’alararo madaniyat assotsiatsiyasi xodimi, Norvegiyada yashab, ijod qiluvchi yozuvchi Solomiya Karoli, italiyalik shoir, yozuvchi va bloggerlar Katerina Davinio, Klaudio Preziosi, Tojikistondagi “Do‘stlik” va ”Elchi” gazetalari bosh muharriri Toshmat Temirov, Nosir Xusrav nomidagi Qo‘rg‘ontepa davlat universiteti professori Zebiniso Sattorova, Tojikiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Hasan G‘oyib, “Janubiy Qozog‘iston” gazetasi muxbiri Maysara Saparova, Qozog‘istondagi “Chimkent” ijodiy uyushmasi raisasi Erkinoy Sultonova va boshqalar ishtirok etishdi.


Festival doirasida Qarshi shahridagi Abdulla Oripov nomli ixtisoslashtirilgan maktabda adabiy uchrashuv, Qarshi va Shahrisabz shahridagi tarixiy-madaniy maskanlarga sayohat uyushtirilib, G‘uzordagi “Tohir-Zuhro” majmuasiga mehmonlarning ashrifi uyushtirilib, joylarda mushoiralar tashkil etildi. Festivalning yopilish marosimi Shahrisabz shahrida o‘tkaziladi.
Ushbu tadbirlarni tashkillashirishda Qashqadaryo viloyati hokimligi, viloyat Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining ishtiroki alohida bo‘ldi.
So‘ngra Qarshi shahridagi A.Oripov maktibaga tashrif buyurilib, Festival ochilish marosimi va seminarda bo‘lib o‘tdi
Mehmonlarda festivaldan so‘ng Qarshi shahrining diqqatga sazovor joylarida bo‘lish («Abu Ubayda ibn al-Jarrox» majmuasi, «Odina» masjidi, muzeylar, v.hk) mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Kechki payt folklor guruhlari, maqomchilar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.

Yana o‘qing:  Pastdarg‘omda yangi terapiya majmuasi

Maryam Ahmedova

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: