Jamg‘arma faoliyatidan (2013-44)

Farg‘ona viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali Farg‘ona shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi va Jeet-kundo federatsiyalari hamkorligida shahardagi umumta’lim maktablarining 50 nafar 1-4-sinf o‘quvchilari o‘rtasida shahar ochiq chempionati o‘tkazildi. Musobaqa g‘oliblariga jamg‘armaning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Buxoro viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi Shofirkon tumani “Denov”, Amir Temur, “Vayrag‘och” va “Cho‘li Xorin” qishloq vrachlik punktlarida jami 61 nafar voyaga yetmagan o‘smir qizlar o‘rtasida “Erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari” va “Reproduktiv salomatlik – mustahkam oila yaratish omili” mavzularida ma’ruzalar o‘qidi.

Navoiy viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali Navoiy shahridagi 5-sonli Olimpiya zahiralariga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabida viloyat Madaniyat va sport ishlari hamda Xalq ta’limi boshqarmalari bilan hamkorlikda “Sog‘lom oila – sog‘lom kelajak” shiori ostida oilalar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etdi. G‘oliblarga jamg‘armaning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Surxondaryo viloyati jamg‘armaning mintaqaviy filiali tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi Termiz shahridagi umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan 7-, 8-, 9-sinf o‘smir qizlarini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Ko‘rik davomida o‘smir qizlarga balog‘at davri haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

Abbosjon ERGASHEV,

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi bosh mutaxassisi

Yana o‘qing:  Farmatsevtika yutuqlari namoyishi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: