O‘ng biqinda sanchiq paydo bo‘lishi nimaning asorati?
Ko‘pchilik tez yurganda yoki o‘tirgan joyida keskin harakatlansa, o‘ng biqini sanchiq paydo bo‘lishidan shikoyat qilishadi.
O‘ng yonbosh biqindagi og‘riq jigar, o‘t qopi, o‘n ikki barmoqli ichak faoliyati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Agar sanchiqlar birdan yuz berib, tez-tez takrorlanayotgan bo‘lsa, albatta shifokorga murojaat eting. Og‘riq o‘tib ketgan taqdirda ham, albatta mutaxassis ko‘rigi zarur. Shifokor nazoratida jigar va o‘t xaltasining UTTtekshiruvi o‘tkaziladi.
Ba’zan o‘t qopida tosh bo‘lsa yoki ushbu a’zoning qiyshayishi kuzatilsa yoxud jigarda shish bo‘lganida ham sanchiqlar yuz berishi mumkin. Tekshiruvdan o‘tganingizdan so‘ng aniqlangan o‘zgarishga ko‘ra zarur muolaja tanlanadi.
Nodira HAMROYEVA,
oliy toifali shifokor-terapevt