Bo‘yin mushaklarining qotib qolishi bukrilikka olib keladimi?

Bo‘yinda shish paydo bo‘lib, har zamon og‘riq bersa, bu – mushak miogelezasi xisoblanadi. Ko‘pchilikda vaqtida davolanmasa shish kattalashib, bukriga aylanishi mumkin, degan o‘y qiynashadi.

Tibbiyotda ushbu xastalik bo‘yin mushaklarining zichlashib, qotib qolishi holatiga aytiladi. Odatda og‘ir mehnat turi bilan shug‘ullanuvchi yoki muntazam jismoniy mashqlar natijasida organizmda zo‘riqish paydo bo‘lsa, xastalik avj oladi.

Kasallik belgisi bo‘yinda og‘riq hissining paydo bo‘lishi bilan boshlangani bois avvaliga u qadar jiddiy tuyulmasligi mumkin. Ammo bora-bora shish kattalashib, og‘riq zo‘raygach, bezovtalik ham ortadi. Xastalikni davolash uchun tartibli muolaja talab qilinadi: uqalash, yallig‘lanishga qarshi preparatlar, fizioterapiya kabilar shular jumlasidan. Shu bilan birga, gavdani tik tutib yurish, kechki vaqtda yengil jismoniy mashqlar, tanani zo‘riqtirmaslik, o‘z vaqtida dam olish ham muhim ahamiyatga ega.

Nodira HAMROYEVA,

oliy toifali shifokor-terapevt

Yana o‘qing:  Uyqu bilan bog‘liq muammolar buyrak kasalliklari xavfini kuchaytiradi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: