Faqat tunda nafas qisilishi asorati nimadan?
Ba’zi bemorlarda kunduzi hech qanday bezovtalik sezmaydi. Ammo tunda diqqanafaslikdan qiynalishadi. Bunday holatdarda. ya’ni nafas olishning qiyinlashuvi organizmda kislorod yetishmasligi, o‘pka, yurak faoliyati hamda asab qo‘zg‘alishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Diqqat qiling, agar nafas qisilishi yurak urishining tezlashishi bilan kechsa, demak yuragingizni tekshiruvdan o‘tkazish lozim. Bordi-yu, quruq yo‘tal va ko‘krak qafasida og‘riq kuzatilsa, o‘pkangizni rentgen tahlilidan o‘tkazish talab etiladi. Agar muammo asabdan bo‘lsa, xuddi yurakda tugun turgandek sezgi paydo bo‘ladi. O‘zingizdagi o‘zgarishlarni kuzating-da, vaqtni o‘tkazmay shifokor ko‘rigidan o‘ting.
Nodira HAMROYEVA,
oliy toifali shifokor-terapevt