Uchuq chiqishi shamollash asoratidanmi?
Labning yengil achishishi, qichishishi va shishib qolganday tuyulishi uchuq daragidir. Odatda, bunday belgilar bir necha soatdan sutkaga qadar davom etishi mumkin. Agar toshma alomatlari sezilgan zahoti davolash choralari ko‘rilsa, labdagi yallig‘lanishning oldini olish mumkin. Aks holdaesa lab terisi asta shishib, yallig‘langan soha atrofida pufakchalar paydo bo‘ladi.
Organizmdagi kasallik virusi immunitet himoyasi sustlashi bilan darhol faollashib, ko‘paya boshlaydi. Shu tariqa virusning “uyg‘onishi” lab yoki tananing boshqa a’zolarida toshma toshishi bilan nomoyon bo‘ladi. Ko‘rib turganingizdek, asosiy omil immunitet bo‘layapti. Shamollash esa shunchaki organizmning himoya tizimini zaiflashtirgan, xolos.
Shuhrat AKBAROV,
oliy toifali dermato-venerolog