Aqlli “igna” yaratildi
Siz ukoldan qo‘rqmang—aniq in’yeksiya uchun aqlli igna yaratilgan.
Hozirda tibbiy texnika, avtomobillar va boshqa sohalarga qaraganda tezroq rivojlanmoqda. Va nihoyat, shpritslar uchun «aqlli» ignalar yaratildi. Ular Brigham nomidagi ayollar kasalxonasi tadqiqotchilari tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu in’yeksiya sezgir to‘qima bosimiga anchayin as qotadi. Bu teri va mushaklarning ko‘zlari va teri osti to‘qimalari kabi nozik joylarga aniqroq va og‘riqsiz in’yeksiya qilish imkonini beradi.
Uning asosiy xususiyati igna uchining turli xil biologik to‘qimalar orqali o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lib, bosimdagi o‘zgarishlarni aniqlash uchun sensor tadbiq etilganida sanaladi. Masalan, igna qaysidir ko‘zning qatlamini aniq belgilashi mumkin. Natijada, shifokorlarning ishini sezilarli darajada yengillashishi kutilmoqda, chunki in’yeksiyalarni kiritishda har qanday xatolik jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. U shuningdek, ko‘zning ichki qismidagi ildiz hujayralariga muvaffaqiyatli kirib borib dorini zarur joyga yetkazib beradi, bu ko‘pincha rejenerativ terapiyada qo‘llaniladi.
JABBORLI