Qorin g‘uldirashiga nima sabab?
Hech ahamiyat berganmisiz, ba’zi kishilarda qorn tez-tez g‘uldiraydi. Bu holatdan ular boshqalarning oldida noqulay vaziyatda qolishadi. Buning sababi nima bo‘lishi mumkin, vaqtida ovqatlanmagandanmi yoki tana vazniga bog‘liqmikan, degan savollar ko‘pchilikni qiynaydi.
Taomnomaning o‘zgarishi, hazm faoliyatining buzilishi, hatto asabiylik ham qorin g‘uldirashini keltirib chiqarishi mumkin. Qorindagi “shovqin”ga baho berish uchun bir qancha holatlarga e’tibor qaratish lozim. Jumladan, jig‘ildon qaynashi, oshqozonda og‘irlikning sezilishi, g‘uldirash kunning qaysi qismida ko‘proq kuzatiladi? Shunga ko‘ra kerakli muolaja buyuriladi. Dukkakli o‘simliklar, karam, uzum va sut ham qorinda gaz hosil qilib, g‘uldirashni paydo qiladi.
Nodira HAMROYEVA,
oliy toifali shifokor-terapevt