O‘yinchoqlar ko‘payib qolsa…

Farzandingiz tug‘ilgach, yo‘qlab keluvchi mehmonlarning aksariyati yumshoq o‘yinchoqlar keltirishi, tabiiy. Ammo chaqalog‘ingiz ularni hali o‘ynay olmaydi, to‘g‘rimi? Shuning uchun ularni yig‘ib, kerakli joyga olib qo‘ying.

Chunki, yumshoq o‘yinchoqlar o‘ziga chang tortadi. Bolangiz ikki yoshga to‘lgach, o‘yinchoqlar yordamida turli dialoglar tuzib, u bilan o‘ynashingiz mumkin. Maslahatimiz o‘yinchoqlarning hammasini farzandingizga o‘ynash uchun bermang. O‘yinchoq qancha ko‘p bo‘lsa, bola shuncha tez zerikadi. Ularni yashirib qo‘ying, bir muddat o‘tib bersangiz, bolada yangi o‘yinchoqdek tasavvur uyg‘otadi. Mayda o‘yinchoqlarni 3 yoshga to‘lmaguncha bolalarga berishni tavsiya qilmaymiz. Og‘ir, hajmi katta, o‘ynash uchun noqulaylik tug‘diradigan o‘yinchoqlarni ham xarid qilmaganingiz ma’qul.

Yana o‘qing:  Tartib va me’yor yaxshi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: