Umurtqa kasalligi qon bosimiga ta’sir qiladimi?

Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, yer yuzi aholisining 80 foizi gipertoniyadan aziyat chekadi. Arterial qon bosimining ko‘tarilishi, afsuski, yosh tanlamaydigan kasallik. Buni ustiga, bezovtalik yoshlar orasida ham tobora ko‘paymoqda. Xo‘sh, buning sababi nimada?

Har bir kishida ishchi qon bosimi mavjud. Ana shu ishchi bosimning o‘zgarishi, organizmda ma’lum holatni paydo qiladi. Birinchi o‘rinda qon tomirlar tonusini ko‘zdan kechirish lozim. Negaki, qon tomirlar tonusi birlamchi gipertoniya sababchisi hisoblanadi. Bunda yurak EKG si, qon va peshob suyuqligining umumiy tahlili o‘tkaziladi. Buyrak funksiyasining buzilishi yoxud peshob ajratish tizimi kasalliklari mavjud bo‘lganida ham arterial qon bosimi ko‘tarilishi mumkin.

Peshob ajratish qiyinlashganida, qon bosimida o‘zgarish kelib chiqadi. Ichki sekretsiya bezlarining nome’yoriy faoliyati organizmda moddalar almashinuvining buzilishini keltirib chiqaradi. Buning oqibatida suv-tuz balansi izdan chiqadi, qon tarkibi o‘zgarib, qon tomirlarga zo‘riqish tusha boshlaydi. Bu ham arterial qon bosimining balandlashini keltirib chiqaruvchi omildir. Umurtqa pog‘onasi yuqori qismining jarohatlanishi mavjud bo‘lsa, bo‘yin osteoxondrozi hamda umurtqaning yuqori qismidagi jarohatlar, ko‘pincha mushaklar tonusining ortishini keltirib chiqaradi. Bu esa o‘z navbatida qon tomirlarida siqilish (spazm) ni paydo qiladi. Bunday bemorlar gipertoniklar safidan joy olmasligini istasa, albatta shifokor ko‘rigiga murojaat qilish lozim. Shuningdek, taomlanishi, kun tartibi va qanday dori preparatlarini, qay mahal qabul qilayotganiga ham e’tibor berish kerak.

Nodira HAMROYEVA,

oliy toifali shifokor-terapevt

Yana o‘qing:  Oziq-ovqat mahsulotlaridan kuchli zaharlanish

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: