Donlar malikasi

Grechka donlar orasida har tomonlama yetakchilik qiladi. Shuning uchun uni “Donlar malikasi” deb atashadi. Rossiyada grechka uzoq vaqtdan beri milliy mahsulot bo‘lib kelgan. Hatto, Sharqiy slavyanlar 13-iyun grechka kuni deb nishonlaydilar.

Foydasi

Ushbu ne’matda temir, mis, fosfor, kalsiy, sink,oqsil bor.  Bundan tashqari,  B1, B2, PP va E vitaminlariga boy. Organik kislotalarning tarkibiga qarab, grechka ovqat hazm qilish uchun ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘plab mashhur parhezlar mana shu dondan tayyorlanadi. Va eng muhimi, grechka — temirning eng boy manbai.Shuningdek, glisemik indeks mavjudligi  tufayli qandli diabet bilan xastalanganlar ham tanovul qilishlari mumkin. O‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, ushbu mahsulot  90-120 daqiqa ichida qondagi glyukozani 12-19% ga pasayishiga sabab bo‘ladi. Go‘sht va baliq mahsulotlarini  kam iste’mol qiladiganlar menyulariga, albatta, grechkani tez-tez kiritishlari kerak. Mazkur ne’matda,  ko‘p sonli flavonoidlar borligi, qonda xolesterin miqdorini normallashtiradi va saratonga qarshi ta’siri katta. Qolaversa, donlarning tarkibida to‘g‘ri metabolizmni rivojlantiradigan moddalar mavjud.

Bilib qo‘ygan yaxshi!

Grechkani yetishtirayotganda begona o‘tlar va zararkunandalardan himoya qilish uchun  hech qanday kimyoviy moddalar kerak emas. Shuning uchun grechka eng ekologik toza mahsulotlardan biri hisoblanadi.

Yana o‘qing:  TO‘G‘RI-RATSIONAL OVQATLANISH: salomatlik va uzoq umr kafolati

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: