56 yoshli dunyo go‘zalining siri nimada?

Mashhur aktrisa Monika Beluchchi sayyoramizdagi eng jozibali ayol. U bunday ko‘rinish uchun jarrohlik operatsiyalaridan foydalanmagan. Keling, shu o‘rinda sizlarga  aktrisaning go‘zallik sir-asrorlarini ma’lum qilamiz.

To‘g‘ri bo‘yanish

        Monika Beluchchi shunchalik chiroyliki, u bo‘yanmasdan ham omma oldida paydo bo‘lishi mumkin. Chunki ko‘rinishi hali ham ajoyib. Biroq, yulduz kosmetikani, o‘ziga xos himoya shaklidir, deb tan oladi. Ya’ni ayollik latofati uchun asosiy qirol. «Agar siz pardoz-andoz qilmasangiz, himoyasiz ko‘rinasiz». Men bo‘yanish jarayonida faqat tabiiylikka e’tibor beraman. Qolaversa, terimni nafas olishga imkon beradigan vositalarni yaxshi ko‘raman. Kundalik bo‘yanish uchun ochiq ranglarni tanlayman. Lab bo‘yoqlarini ko‘pincha neytral rangdagilaridan foydalanaman.

 

Diyeta va harakat

            Monika Beluchchi modellardan sezilarli darajada farq qiladi. U ayollik va go‘zallikning eng yaxshi timsoli. «Ikkinchi farzandim tug‘ilgandan keyin, men ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga kirishdim. Avval taomlanishga (baliq go‘shti, sabzavotlar) ko‘proq e’tibor qaratdim. Faollik asosiy shiorim. Men imkonim boricha sport zaliga borardimu ammo ko‘p sayohat qilganim bois, muntazam ravishda mashq qilish qiyin edi. Shunga ko‘p vaqtimni sayr qilishga ajrataman.

 Parvarishlash   

Aktrisaning fikricha, salomatlikni, yoshlikni va go‘zallikni saqlab qolish juda muhim ahamiyatga ega.  O‘zining amaliyoti haqida so‘ralganda, u chiroyli tabassum bilan javob beradi: «Men faqatgina hammom qabul qilaman! Bu 45 daqiqa yoki bir soat — faqat o‘zingizga bag‘ishlangan qimmatbaho vaqt». Bundan tashqari, Monika o‘zining yengil kosmetik mahsulotlarini tanlab, terisini namlantirishga alohida e’tibor beradi. Biroq, u kundalik go‘zallik tartibining asosiy bosqichlaridan biri dudoq parvarishidir. «Lablar  tez quriydi, shuning uchun men ularni namlab turishim lozim. Dudoqlar  so‘zlashish, ovqatlanish uchun juda muhimdir. Bu ayol tanasining eng jozibador qismlaridan biridir», deya ta’kidladi aktrisa.

JABBORLI

 

 

Yana o‘qing:  Qo‘lingiz dard ko‘rmasin, aziz shifokorlar!

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: