G‘urur va iftixor ramzi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 24 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda taniqli yozuvchi va shoirlar, tilshunos va adabiyotshunos olimlar, adabiyot ixlosmandlari hamda talaba yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali kirish so‘zi bilan ochar ekan, ona tilimizning mustabid tuzum davrida bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘li, shuningdek, istiqlol yillarida uning rivoji uchun qilingan ibratli ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Adabiyotshunos olim, akademik Baxtiyor Nazarov, yozuvchi Abduqahhor Ibrohimov ham ona tilimizning rivojida fidokorona mehnat qilgan va kurashgan tilshunos va adabiyotshunoslar, tilning madaniyat, san’at, ta’lim sohasi rivojidagi beqiyos roli haqida so‘z yuritdilar.

Tadbir davomida taniqli va yosh shoirlar qalamiga mansub Vatan, ona tili mavzuidagi o‘qilgan she’rlar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Maryam AHMEDOVA

Yana o‘qing:  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: