Milliy axborot makoni

unda mustaqil bosma ommaviy axborot vositalarining o‘rni juda muhim

Poytaxtimizda O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi bilan hamkorlikda “Ommaviy axborot vositalarining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi – milliy axborot makonining jadal rivojlanishi kafolati” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi vakillari, markaziy va hududiy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad ommaviy axborot vositalarining iqtisodiy mustaqilligi va moliyaviy barqarorligini ta’minlash, mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agent­liklari moddiy-texnik bazasini modernizatsiyalash borasida davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni keng jamoatchilikka yetkazish hamda “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini tanishtirishdan iboratdir.

Seminar davomida aholini davlat hokimiyati organlari faoliyati, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlashdagi ishtiroki haqida xabardor qilish jarayonlariga oid masalalar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakatimiz media sohasi vakillarining ijtimoiy faolligini oshirishdagi roli muhokama etildi.

Shuningdek, joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan qator hududiy tahririyatlar moddiy-texnik bazasini mus­tahkamlash va tahririyatlar xodimlari ish sharoitlarini yaxshilash, ularning samarali mehnatlarini rag‘batlantirish maqsadida olib borilgan turli loyihalar haqida so‘z yuritildi.

Tadbir so‘nggida tashkil etilgan loyihalar asosida seminarda 24 ta hududiy bosma OAV tahririyatlariga texnik vositalarni olish uchun sertifikatlar topshirildi.

M. HASANOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  Karkadening shifobaxsh xususiyatlarini bilasizmi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: