Xollarni olib tashlash mumkin…mi?

Xollarning kattaligiga qarab, uni olib tashlash usullari tanlanadi. Mayda hosilalar igna yordamida o‘yib olib tashlanadi, katta xol skalpel bilan kesib olinib, yara chetlari tikib qo‘yiladi. Lazer yordamida xolni olib tashlash usuli faqat kosmetik maqsadda qo‘llaniladi. Bunda kuydirilgan hujayraning xavfliligini tekshirib bo‘lmaydi va natijada xavfli o‘simta paydo bo‘layotgani ko‘rinmaydi.

Tanasida 40 va undan ko‘p xoli bor odam muntazam ravishda shifokor ko‘rigidan o‘tib, terisi holatini tekshirtirib turishi lozim. Mutaxassislar bir ko‘rishdanoq ularning holatini aniqlay olishadi. Agar shifokorga biror xolning ko‘rinishi yoqmasa ham xavotirga tushishga o‘rin yo‘q. Teridagi ayrim xavfsiz o‘smalarni  o‘z vaqtida olib tashlash saraton kasalligining oldini olishga yordam beradi.

Oddiy xol odatda unchalik katta bo‘lmaydi va doirasimon yoki cho‘ziqroq, bir xil rangda bo‘ladi. Bu alomatlardan birortasi o‘zgarganda, zudlik bilan teri kasalliklari shifokori – dermatolog yoki onkolog mutaxassisga murojaat qilish zarur. Agarda uning atrofida qichishish, og‘riq, yallig‘lanish va qonash alomatlari paydo bo‘lsa, shifokorga borishni paysalga solmang.

Hech qachon o‘zingiz xolni olib tashlashga urinmang! Bu nafaqat xunuk chandiq hosil qiladi, balki terining chuqur qavatlariga hayot uchun xavfli infeksiya tushishiga ham olib kelishi mumkin. Uni oldirgandan keyin ikki hafta davomida sport bilan shug‘ullanmang va jarohat joyiga suv tekkizmang! Qolgan xollaringizni ham ko‘zdan kechirib turishni unutmang!

Nodira RIZAYEVA,

oliy toifali shifokor, dermatolog

 

Yana o‘qing:  Buyrak va jigar qanday tozalanadi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: